4-Mavzu. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishi. Seminar rejasi


Download 156.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana10.11.2023
Hajmi156.25 Kb.
#1764073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-Mavzu. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish v

Marradagi hakamlar 
Marradagi hakamlar to‟g‟ridan-to‟g‟ri kuzatib yoki maxsus asbob-uskunalar yordamida 
ishtirokchilarning marraga etib kelish tartibini (ketma-ketligini) aniqlaydilar, o‟rta va uzoq 
masofalarga yugurishda davralar hisobini olib boradilar. 
Qisqa masofalarga yugurishda (400 m.gacha) hakamlar marraga etib kelgan poyganing 
alohida qatnashchilariga orasidagi masofani marra chizig‟i oldidagi 5 metrlik belgi chegarasida 
aniqlaydilar, hakamlar varaqasini to‟ldirib, uni katta hakamga beradilar. 
Vaqt o’lchovchi hakamlar 
Vaqt o‟lchovchi hakamlar hay‟ati tarkibidan vaqt o‟lchovchi hakamlar tayinlanadi. Ular 
yugurish va yurish bo‟yicha musobaqa ishtirokchilarining masofani bosib o‟tish vaqtini 
aniqlaydilar. Masofani birinchi bo‟lib yakunlagan ishtirokchi ko‟rsatgan vaqtni qo‟l 
sekundomerlaridan foydalangan holda uch nafar vaqt o‟lchovchi hakam qayd etishi kerak. 
Fotomarradagi hakamlar 
Fotomarradagi hakamlar fotomarra tizimiga biriktirilgan maxsus uskunalar yordamida 
yugurish hamda yurish bo‟yicha natijalarni: ishtirokchilarning marraga etib kelish tartibi va 
ularning masofani o‟tgan vaqtini aniqlaydilar. 
Masofadagi hakamlar 
Masofa hamda to‟siqlar oldidagi hakamlar: 
- masofa bosib o‟tilishi, estafeta tayoqchasining uzatilishi va g‟ovlardan oshib o‟tish to‟g‟ri 
bajarilayotganligini kuzatadilar, qulagan g‟ovlar o‟z vaqtida joyiga qo‟yilishini nazorat qiladilar. 
Shamol tezligini o’lchovchi hakamlar  
Shamol tezligini o‟lchovchi hakamlar 200 m.gacha masofalarga yugurish hamda uzunlikka 
va uch hatlab sakrash bo‟yicha musobaqalar o‟tkazilayotgan vaqtda maxsus uskunalar 
yordamida yugurish yo‟nalishidagi shamolning o‟rtacha tezligi kattaligini aniqlaydilar. 
Sakrash va uloqtirish bo’yicha hakamlar 
Sakrash va uloqtirishlarning har bir turi bo‟yicha musobaqalar o‟tkazish uchun katta 
hakam, o‟lchovchi hakamlar hamda kotibdan iborat hakamlar guruhi tayinlanadi. 

Download 156.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling