4-Mavzu. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishi. Seminar rejasi


Musobaqa o’tkaziladigan joylar, jihozlar va asbob-uskunalarni tayyorlash xizmati


Download 156.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana10.11.2023
Hajmi156.25 Kb.
#1764073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-Mavzu. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish v

Musobaqa o’tkaziladigan joylar, jihozlar va asbob-uskunalarni tayyorlash xizmati 
hakamlari 
Jihozlar va asbob-uskunalar bo‟yicha hakamlar: 


- yugurish yo‟lakchasi, sakrash va uloqtirishlar bo‟yicha musobaqalar badan qizdirish 
mashqlari o‟tkaziladigan joylarda belgi chiziqlari to‟g‟ri chizilganligini tekshiradilar
- jihozlar markirovkasini tekshiradilar; 
- musobaqalar o‟tkaziladigan joylarga jihozlar va asbob-uskunalarni etkazib berish hamda 
ularni yig‟ib olish ishlarining reja-jadvalini tuzadilar. 
Statistika va rekordlar guruhi 
- turli statistik ma‟lumotlarning hisob-kitobi bilan shug‟ullanadi; 
- yangi rekordlar, sport ustasi va halqaro toifadagi sport ustasi unvonlari uchun 
me„yorlarning bajarilishini kuzatadi; 
- rekord natijalar uchun dalolatnoma tayyorlab, rasmiylashtiradi; 
- rekordlar tekshirilganidan keyin hakamlar hujjatlarini qabul qilib olish guruhidan olingan 
ishtirokchilar varaqalarini ularga ishlov beruvchi guruhga jo‟natadi; 
- materiallardan nusxa ko‟chirish guruhidan yakuniy qaydnomalar nusxasini oladi; 
- musobaqalar davomida tegishli qaydlarni kirita borib, bosh hakam hisobotini 
tayyorlaydi.
Ishtirokchilarning varaqalariga ishlov berish guruhi 
- yakuniy qaydnomalarni bosmadan chiqarish uchun olingan varaqalarga to‟la ishlov 
berish bilan shug‟ullanadi; 
- ishchi qaydnomalardagi natijalarni ishtirokchilarning shaxsiy varaqalariga ko‟chirishni 
amalga oshiradi; 
- ko‟rsatilgan natija qaysi razryadga muvofiqligini belgilaydi
- dasturning ushbu turida ishtirokchi egallagan o‟rinni belgilaydi; 
- natijani ochkolarda baholaydi (jumladan, rag‟batlantiruvchi ochkolarni); 
- shamol tezligini ko‟rsatadi; 
- ishtirokchilarning varaqalarini jamoaviy natijalar guruhiga etkazadi. 
I. Dasturdagi yugurish turlarida ishtirokchilarning egallagan o’rinlarni aniqlash 
1. Bir davra musobaqasi o‟tkazilganda, egallagan o‟rin eng yaxshi natijaga ko‟ra 
aniqlanadi. 
2. Bir necha davrali musobaqa o‟tkazilganda, mazkur masofada g‟olibni hamda sportchilar 
egallagan o‟rinlarni aniqlash, ishtirokchilar musobaqaning dastlabki davralarida ko‟rsatgan 
vaqtdan qat‟i nazar, final natijalariga ko‟ra amalga oshiriladi. Finalga chiqmagan ishtirokchilar 
orasida o‟rinlar finaldan avvalgi davralarda ko‟rsatilgan natijalar bo‟yicha taqsimlanadi. 
3. Qo‟shimcha finallar o‟tkazilganida, sportchilarga o‟rinlar “A” final natijalari, keyin “B”, 
“V” finali, keyin esa finalchilar tarkibiga kirmagan ishtirokchilar ko‟rsatgan natijalarga ko‟ra 
taqsimlanadi. 
4. Musobaqaning biror bosqichiga uzrsiz sabab bilan kelmagan sportchi diskvalifikatsiya 
qilinadi, uning natijasi esa bekor qilinadi. U, shuningdek, boshqa turlar (jumladan, estafetali 
yugurish) bo‟yicha musobaqalarda qatnashishga ham qo‟yilmaydi. 
5. Uzrli sabab bilan kelmagan sportchi musobaqaning mazkur davrasida oxirgi o‟rinni 
egallaydi. 

Download 156.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling