4-modda. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar


Download 76.14 Kb.
bet2/8
Sana27.02.2023
Hajmi76.14 Kb.
#1234965
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Topshiriq № 4.
Quyidagi muammoli vaziyatlar bilan tanishing va ularni hal eting.
Topshiriq № 5.
Harbiy ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni qo’llashning dolzarb masalalari mavzusida klaster tayyorlang.
1-javob: Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TA’LIM TO‘G‘RISIDA QONUNINING 1. Umumiy qoidalari bobi 4-moddasida quyidagicha keltirilgan.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari:
-ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
-ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
-ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
-ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
-ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
-ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
-ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
-o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
-davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
-o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
-insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
-jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
-ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
-bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
-ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
-ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
.2-javob:
3-javob: Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unga tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar ko‘zga tashlanadi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyoj lari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini anglashga yordam bersa, obyektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqari– lishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati lining uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez suratda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati o‘zining uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni – bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi g‘oyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati – bu uning yaxlit tarzda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o‘zlashtirila boriladi. shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitlik, tizimlilik tavsifiga ega bo‘lishi lozim.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik. tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilishi, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishni talab etadi.
Demak. tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi
Tarbiya jarayoni tuzilmasi.
Demak, yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
1. Tarbiya – yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayoni bo‘lib, har qanday ijtimoiy tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosiy bo‘lib kelgan.
2. Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish jarayonida qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.
3. Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish ko‘zlangan maqsad va vazifalarning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

VARIANT № 18



Download 76.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling