4-Modul. Animatsiya shakllari, animatsion dastur turlari. Reja: Animatsiya dasturi, uning shakllari, vazifasi. Madaniy dam olish faoliyati
Download 85.4 Kb.
|
4-mavzu. Animatsiya shakllari, animatsion dastur turlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatda animatsiya
- Muloqot orqali animatsiya
- Madaniy animatsiya
4-Modul. Animatsiya shakllari, animatsion dastur turlari. Reja: 1. Animatsiya dasturi, uning shakllari, vazifasi. 2. Madaniy dam olish faoliyati. 3. Animatsiya dasturi. 1. Animatsiya dasturi, uning shakllari, vazifasi. Animatsiya turlari. Turistik animatsiyaga tizimli (sistemali) yondoshuv nuqati nazaridan – bu muloqot, harakat, madaniyat, ijod, ko‘ngil ochish, vaqtni xushchaqchaq o‘tkazishda o‘ziga xos turistik ehtiyojlarni qondirishdir. Bu ehtiyojlarning qamrovi juda keng bo‘lib, bu to‘g‘rida mutloqo har xil fikr bildirishadi. Xususan: birov uchun dam olish – bu sayohatdir, boshqa uchun esa – kitob o‘qishdir, uchinchi kishi uchun esa bu – o‘rmonda sayr qilishdir, to‘rtinchi odamga – baliq ovlash va h.k. Ushbu talablarga muvofiq turistik xizmat ko‘rsatish amaliyotida turistlar (dam oluvchilar)ni turli ehtiyojlarini qondiruvchi animatsiyaning quyidagi turlari farqlanadi: Harakatda animatsiya – zamonaviy kishining harakatda ehtiyojini qondiradi, ko‘ngilli kechinmalar qoniqish bilan qo‘shilib ketadi. Kechinmalar orqali animatsiya – yangi, noma’lum hisda, kutilmagan qiyinchilikni yengib o‘tishda kashfiyotlarda, muloqotda ehtiyojni qondiradi. Muloqot orqali animatsiya – yangi va qiziqarli kishilar bilan muloqotda, odamlar ichki olamini ochish va muloqot orqali o‘zligini anglash bilan ehtiyojini qondiradi. Tinchlashtirish orqali animatsiya – odamlarning kundalik ruhiy zo‘riqishi, charchoqdan tinchlantirish ehtiyojini, hamdardlik bildirish, tabiat bilan aloqada bo‘lish orqali qondiradi. Madaniy animatsiya – shaxsning ma’naviy rivojlangan odamlar ehtiyojini yodgorliklar va mamlakatlar, mintaqalar, xalqlar, millatlar madaniyati zamonaviy namunalariga hamnafas bo‘lishi orqali qondiradi. Ijodiy animatsiya - insonning ehtiyojini ijodda, o‘z ijodiy yaratuvchanlik qobiliyatini namoyish qilishda qalban yaqin odamlar bilan aloqa o‘rnatish, birgalikda ijod qilish, yaratish orqali qondiradi. Real animatsion dasturlar ko‘pincha animatsiyaning ushbu turlariga nisbatan kompleks harakterga ega bo‘ladi. Sanab o‘tilgan animatsiya turlari esa ushbu dasturlarning tarkibiy elementlari hisoblanadi. Xuddi o‘zini g‘ishtin uydek namoyon etgan animatsiya dasturlarining g‘ishtlariday. Odatda, animatsion dasturlar bir vaqtning o‘zida sof ko‘ngil ochish tadbirlari bilan xilma-xil sport o‘yinlari, mashqlar va musobaqalarni o‘z ichiga oladi. Bunday qo‘shilishlar animatsion dasturlarni sog‘lik uchun foydali, qiziqarli xillar bilan yanada boyitadi. Shuning uchun aynan turistik animatsiya va sportning o‘zaro bog‘lab qo‘yib olish borilishida ko‘proq sog‘lomlashtirish – tiklash samaradorligiga erishiladi. Download 85.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling