4-Modul. Animatsiya shakllari, animatsion dastur turlari. Reja: Animatsiya dasturi, uning shakllari, vazifasi. Madaniy dam olish faoliyati


Ekskursiya Animatsion faoliyat


Download 85.4 Kb.
bet6/6
Sana03.12.2023
Hajmi85.4 Kb.
#1798525
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu. Animatsiya shakllari, animatsion dastur turlari.

Ekskursiya

Animatsion faoliyat

Bolalar xordig‘i

Konsert faoliyati

Kutubxona ishi

Sport – ommaviy ishlari

Suvli xordiqlar

Kinofilmlar namoyishi

O‘yin avtomatlari, bilyard, shaxmat




BO‘SH VAQTNI MAROQLI O‘TKAZISHNI TASHKILLASHTIRISH SHAKLLARI







Festivallar, konkurslar, o‘yinlarda ishtirok etish

Dam olish va xordiq kechalari (diskoteka, karaoke va h.k.)

4.1-chizma. Bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazish bo‘yicha animatsion faoliyatni tashkillashtirish shakllari
Mehmonxona xizmati ko‘p rejali faoliyatining muhim qismi, professionallik darajasi yuqoriligining ifodasi bo‘lib animatsiyani tashkillashtirish hisoblanadi. Bu reklamaning o‘ziga xos va o‘ta ta’sirchan shakli bo‘lib, mijozlar va ularning tanishlarini ushbu mahsulotning mehmonxona xizmatlari bozoridagi harakatini amalga oshirishga qayta jalb qiladi bu esa, o‘z navbatida korxona samaradorligi, daromadliligi hamda rentabelligini oshiradi. Mehmonxona raqobatbordoshligini oshirishning shak-sho‘bhasiz omilidan biri, u yoki bu dam olish joyining tanlovini aniqlovchi, yangi paydo bo‘layotgan yo‘nalish - “mehmonxona animatsiyasi” tushunchasi bo‘lishi mumkin.
4.1 – chizmada ko‘rsatilgan bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazish bo‘yicha animatsion faoliyatni tashkillashtirishning aniq shakllarini tanlash mehmonxona moddiy – texnik bazasi imkoniyatlari, uning joylashuvi hamda infratuzilmasining mavjudligi, dam oluvchilarning kontingenti(soni) hamda ushbu soha xodimlarining kasbiy tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir. Bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazishning ana’anviy shakllari bo‘lib, sport – ommaviy ishlar, ekskursiya, kinofilmlar namoyishi hamda dam olish kechalarini o‘tkazish hisoblanadi.
Sport – ommaviy ishlar mehmonxona xodimlari bilan bir qatorda chetdan jalb qilingan o‘z kasbining ustalari yordamidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Ekskursiya mehmonxonaning o‘zining kuchiga ishongan holda yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlar – turfirmalar va ekskursion byurolar jalb etish orqali amalga oshirilishi mumkin. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, hammasini o‘z kuchidan foydalangan holda tashkillashtirgandan ko‘ra, ixtisoslashtirilgan turistik – ekskursion tashkilotlar xizmatlaridan foydalangan manfaatliroqdir.
Kinofilmlar namoyishi yangi texnologiyalar hamda yo‘ldoshli televideniyaning paydo bo‘lishi bilan ikkinchi darajaga o‘tib qoldi. Faqatgina zamonaviy texnika bilan jihozlangan zaldagi kam sonli auditoriyalar uchungina ko‘rsatiladigan kinofilmlar bundan mustasnodir. Dam olish kechalari dam olishni maroqli o‘tkazishning mashhur shakllaridan biri hisoblanib, u ko‘p usullar bilan o‘tkazilish xususiyatiga ega. Bular uchrashuv kechalari, raqs tadbirlari va diskoteka, jonli musiqa kechalari, bayram kechalari, konkurslar va x.k.lar bo‘lishi mumkin. Odatda bu tadbirlar mehmonxonaning o‘z kuchi va ko‘p hollarda mutaxassislarni jalb etish bilan o‘tkaziladi.
Kutubxona xizmatlari dam oluvchilarning dam olishini maroqli o‘tkazishining eng eski shakllaridan hisoblanadi. Kutubxona ishi odatda uch yo‘nalishda amalga oshiriladi: kitoblarni tarqatish hamda bo‘sh vaqtda o‘qish uchun uzoq muddatga berish; turli xil tematik tadbirlarni o‘tkazish; sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish. Kurortlarda bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazishda o‘inlarni tashkil etish shakli ham muhim hisoblanadi. Dam oluvchilarga passiv o‘yinlar(qo‘shimcha xodimni jalb etmagan holda – shashka, shaxmat, bilyard) bilan bir qatorda faol o‘yinlar(animator va maxsus xodimni jalb etgan holda) ham taqdim qilinadi.
Eng yirik va mahur mehmonxonalar muhim tadbirlar o‘tkaza olish imkoniyatiga ega bo‘lib, bunda birinchi darajali estrada yulduzlarining konsertlarini, teatr va kino artistlarining ijodiy kechalari hamda benefislarini, turli festivallarni, modalar namoyishlari, ko‘rgazmalar hamda umumhalq ahamiyatga ega yarmakalar, anjumanlar va simpoziumlar tashkil etadilar. Masalan, bunday tadbirlarni o‘tkazishning ma’lum markazlari Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshka ayrim yirik turistik destinatsiyalarda tashkil qilish lozim bo‘ladi.
Hordiq oluvchilar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdagi yangi yo‘nalish sifatida animatsion servisni o‘rganishga o‘tarkanmiz, ta’kidlash zarurki, animatsion-madaniy faoliyat G‘arbda anchayin to‘la ma’noda namoyon etilgan. Xorijda aholining bo‘sh vaqt hajmi asta-sekin ko‘payib bormoqda, binobarig, dam olish dasturlari va xizmatlarning sifatiy ko‘payish jarayoni ham bormoqda. Ko‘ngilochar tadbirlar industriyasi u yoqda yarim asr avvalroq rivojlana boshlab, natijasi hordiqni tashkil etishning rivojlangang tizimi bo‘ldi. Bu jabhada katta yutuqlarga AQSH, Kanada, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari (Germaniya, Fransiya, Daniya, Belgiya, Niderlandiya, Finlyandiyalar) erishishdi. Turistik animatsion servis kurortli hududlarda juda yaxshi turistik sayohatlar attaraktivligi hamda dam olish sifatining oshishishga zamin yaratadi. Butun jahon kurortli hududlarida dam oluvchilar bo‘sh vaqtini tashkil qilishning yetiladi: o‘yinli tadbirlar, faol musobaqalar, har xil shou va bayramlar kabilarga. G‘arbda animatsion sektorning asosiy faoliyati kattalar va bolalar uchun bepul animatsiya xizmatlari majmuasini o‘z ichiga olgan hisoblanadi.
Download 85.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling