4-Modul: Gidrosfera va uni muhofaza qilish. 4-Mavzu: Girosfera. Tabiatda suvning roli va ahamiyati reja


Issiqlik va atom elektr stansiyalari


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana24.12.2022
Hajmi0.91 Mb.
#1055330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
маъруза-6

Issiqlik va atom elektr stansiyalarining sovitish uchun ishlatiladigan iliq 
suvlardan foydalansa boʹladi. Masalan Angliyada Xatterson atom elektr stansiyasidan 
chiqqan iliq suv ulkan suv havzasiga oqizib quyilgan va u yerda turli xil baliqlar boqilgan 
bu baliqlar oʹzini yaxshi his qilib ochiq dengizga qaraganda ikki baravar tez yetilgan. 
Suv resurslarini muhofaza qilish. Insoniyat jamiyati taraqqiyoti jarayonida tabiiy 
suv tarkibini oʹzgartirdi va tezlik bilan oʹzgartirmoqda. Shuning uchun suvni muhofaza 
qilishda, iflos suvlarni tozalashdagi muhandislik usullarini yanada takomillashtirish 
lozim. 
Suv quyosh radiatsiyasi va iflos suvga toza suv kelib qoʹyilishi natijasida qaytadan 
tozalanishi mumkin. Turli bakteriya, zamburugʹ va suv oʹtlari suvning qayta tozalanishida 
faol agentlardan hisoblanadi. Lekin suv turli iflos moddalarga haddan tashqari toʹyingan 
boʹlsa u holda uni tozalash uchun turli texnologik usullardan foydalanish kerak. 
4.1.3 Oqova suv tushunchasi. Oqova suvlarning turli xususiyatilariga ko‘ra 
sinflanishi; Sanoatda suv ta’minoti va suvning yopiq aylanma tizimi;
Oqova suv tushunchasi. Oqova suvlarning turli xususiyatilariga ko‘ra 
sinflanishi. Sanoat korxonalarida, qishloq xoʹjaligida va maishiy xizmat 
korxonalarida hosil boʹlgan suvlar – oqova suvlar deyiladi. Soddaroq qilib aytganda, 
foydalanib boʹlingandan keyin chiqarib tashlanadigan suvlar – oqova suvlar deyiladi.
Oqova suvlar paydo boʹlishi, turi va aralashmalarining holatiga qarab, quyidagi 
3 ta asosiy toifalarga boʹlinadi: Maishiy (xoʹjalik-najas), ishlab chiqarish va yomgʹir 
(atmosfera) suvlari. 


Maishiy oqova (xoʹjalik-najas) suvlarga; oshxona va hojatxona, hammom hamda 
kirxonqlar, umumiy ovqatlanish va davolash muassasalari hamda, xonalarni yuvishdan 
chiqqan iflos suvlar kiradi. Ifloslanish tabiatiga koʹra ular, asosan, fiziologik chiqindilar 
bilan ifloslangan najas suvlar va har qanday xoʹjalik chiqindilari bilan ifloslangan suvlar 
boʹlishi mumkin. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling