4-Modul: Gidrosfera va uni muhofaza qilish. 4-Mavzu: Girosfera. Tabiatda suvning roli va ahamiyati reja


Oqova suvlarning ifloslik darajasi quyidagi koʹrsatgichlar


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana24.12.2022
Hajmi0.91 Mb.
#1055330
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
маъруза-6

Oqova suvlarning ifloslik darajasi quyidagi koʹrsatgichlar: 
- orgonaleptik koʹrsatgichlar (rangi, xidi, mazasi,tiniqligi va x.k.); 
- fizik-kimyoviy koʹrsatgichlar (ph, harorat, elektr-oʹtkazuvchanlik, suvning qattiqligi
yoʹpishqoqligi, zichligi, sirt tarangligi va x.k.); 
- erigan organik va anorganik moddalarning miqdori, kislorodning kimyoviy (KK) va 
biokimyoviy (BK) sarflanishi; 
- kolloid, mayda va yirik dispersli zarrachalarning miqdori orqali aniqlanadi.
 
Suvning minerallashuv darajasi va ichimlik suv manbalarini muhofazalash 
(Interfaol metodlar yordamida …).  
 
4.1.4 Oqova suvlarni tozalash usullari. Sanoatda hosil bo’ladigan oqova suvlarning
tozalash usullari (mexanik, fizik-kimyoviy, kimyoviy, biologik) Oqova suvlarni 
tozalash tizimlari va inshootlari. 
Oqova suvlarning xar bir guruhiga oʹziga xos tozalash usullari mavjud boʹlib, ular 
quyidagi guruhlarga boʹlinadi : 
- mexanik tozalash usullari (tindirish, filtrlash, tsentrfugalash); 
- fizik-kimyoviy usullar; 
- kimyoviy usullar; 
- biokimyoviy usullar – tirik organizmlarning organik ifloslantiruvchi moddalarning 
ozuqa sifatida isteʹmol qilishiga asoslangandir. 
Yuqorida keltirilgan usullar 2 turga boʹlinadi: 
a)regenerativ usullar –ifloslantiruvchi mod- dalarni suvdan ajratib olib ularni qayta 
ishlatishga asoslangan ;
b)destruktiv usullar esa ifloslantiruvchi strukturasini buzib yuborib zararsizlantirishga 
asoslangandir. 
Fizik-kimyoviy usullar. Ushbu usulda oqova suvlar koagulatsiya, flotatsiya
adsorbsiya, ion almashish, ekstraksiya, rektifikatsiya, bugʹlantirish, distillatsiya
kristallizatsiya, desorbsiya va shu kabi jarayonlar asosida tozalanadi. 


Bu usullar oqova suvdagi erigan mineral, organik va gaz birikmalarini ajratishda, 
hamda juda mayda dispers suzib yuruvchi zarrali moddalarni ajratishda qoʹllaniladi. (4-
Ilova). 
Fizik-kimyoviy usullar biokimyoviy usullarga nisbatan qator afzalliklarga ega:
1). Oqova suvdan biokimyoviy oksidlanmay- digan organik zaharli chiqindilarni tozalash 
imkonining borligi;
2). Tozalashni chuqur va muqim olib borish mumkinligi;
3).Tozalash inshootlarining oʹlchamini kichikligi;
4). Tozalash jarayonlarini toʹliq avtomatlash-tirish imkoni borligi;
5).Oqova suv tarkibidagi turli moddalarni rekuperatsiya qilish mumkinligi; 
6).Jarayonning toʹliq oʹrganilganligi va shuning natijasida modellashtirish, matematik 
hisoblarni amalga oshirish hamda apparatlarni toʹgʹri tanlash imkoni borligi;
7).Usul tirik organizmlarning faoliyati bilan bogʹliq emasligi;
8) Turli birikmalarni rekuperatsiya qilish imkoni borligi.
Tozalashning u yoki bu usulini tanlash tozalanishi kerak boʹlgan oqova suvning sanitar 
va texnologik talablari, chiqindi moddalar kontsentratsiyasi, oqova suv miqdori, kerakli 
material va energetik resurslarning bor yoki yoʹqligi va shu kabilar asosida kelib chiqadi. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling