4-Modul: Gidrosfera va uni muhofaza qilish. 4-Mavzu: Girosfera. Tabiatda suvning roli va ahamiyati reja


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana24.12.2022
Hajmi0.91 Mb.
#1055330
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
маъруза-6

kimyoviy usullar. Bu usullarga: neytrallash, oksidlash va qaytarish usullari kiradi.
Ushbu usuliar turli reagentlaming sarfi bilan bogʹliq boʹlgani uchun qimmat usullar 
qatoriga kiradi. Shuning uchun bu usullar yopiq suv tizimlarida lozim boʹlganda erigan 
moddalarni ajratishda qoʹllaniladi. Kimyoviy usul baʹzan biologik tozalash jarayonidan 
oldin ishlatiladi.
Neytrallash. Bu usul aralashtirish, reagentlami qoʹshish, neytral materialdan oʹtkazish, 
kislotali gaz bilan neytrallash jarayonlari asosida olib boriladi.
Agar korxonada yoki 2 ta qoʹshni korxonada kislotali va ishqoriy-oqova suvlar 
ajralsa, ular oʹzaro (X.9.1-rasm) aralashtirib, bir-birini neytrallaydi 
Neytrallash 
uchun 
reagentlar 
sifatida 
NaOH, 
KON, 
Na, 
CO
3

NH4OH, CaCO
3
, MgCO
3
, tsement birikmalari ishlatiladi. Eng arzon reagent ohakli suv 
hisob lanadi (Ca(OH)2-5-10% li). 
Baʹzan korxonalarning qattiq chiqindilari ham ishlatilishi mumkin (masalan, 
kuyindi shlaklar). Reagentlar oqova suvdagi kislotaning tarkibi, konsentratsiyasiga qarab 
tanlanadi. Shunda neytrallash jarayonida choʹkma hosil boʹlish-boʹlmasligi hisobga 
olinadi. Kislotali oqova suvlar 3 xil koʹrinishda boʹladi: 
1) kuchsiz kislotali oqova suvlar (H
2
CO
3
, CH
3
COOH); 
2) kuchli kislotali oqova suvlar (HC1, HNO
3
); 
3) H
2
S 0
4
, H
2
SO
3
, kislotali suvlar (CaS0
4
chʹkmasi hosil boʹlishi mumkin). 
Ohak 
oqova 
suv 
tarkibidagi 
kislotalarni 
neytrallash 
uchun 
kaltsiy 
gidrooksid 
tuzi 
koʹrinishida(ohakli 
suv) 
yoki 
quruq 
kukun 
koʹrinishida 
beriladi. Ushbu qurilmaning sxemasi quyidagicha (X.9.2-rasm). 


Bu yerda, oqova suv 1-oʹrtalash apparatiga beriladi. Yuqoridan esa 2-va 3-appa 
ratlarda tayyorlangan ohakli suv eritmasi 4–dozatorlar orqali beriladi. Keyin ular 5–
neytralizatorda aralashtiriladi, choʹkma hosil boʹlgandan keyin suv 6–tindirgichga 
yuboriladi. Tindirgichning tagidan choʹk ma ajratilib olinadi, tozalangan suv esa 
tindirgichning yuqori qismidan oqib chiqadi. Oqova suv tarkibida sulfat kislota 
uchraganda, tozalash jarayonida CaS0
4
2H
2
0 – gips hosil boʹladi.
Ishqoriy oqova suvlar turli kislotalar va kislotali xususiyatga ega boʹlgan gazlar bilan 
ham neytrallanadi. Bunda kislotali gazlar sifatida CO
2
, S0
2
, NO
2
, N
2
0
3
va shu kabi gazlar 
qoʹllaniladi (X.9.3-rasm).
Yuqorida keltirilgan qurilmada neytralizatsiya jarayoni aralashtiigichli reactorda 
amalga oshiriladi. Bunda tutun gazlari ventilator yordamida aralashtirgichning halqali 
boʹshligʹiga beriladi va aralashtirgich yordamida oqova suvda pufakcha va oqim 
koʹrinishida taqsim lanadi. Suv va gaz oʹrtasidagi toʹqnashish yuzasining yuqoriligi 
sababli tezda neytralizatsiya jarayoni sodir boʹladi. Gaz tarkibida S02 gazining boʹlishi 
ishqoriy suvlaming neytralizatsiya qilinishiga yordam beradi. Neytralizatsiya uchun 
kerak boʹladigan kislotali gazning miqdori quyidagi tenglama asosida aniqlanadi: 


M=χβcFΔc
bu yerda, M-neytralizatsiya uchun sarf boʹladigan kislotali gazning miqdori; χ -
tezlanish faktori; βc -suyuq fazadagi massa berish koeffitsienti; F–fazalararo kontakt 
yuzasi; Δc-jarayonning yurituvchi kuchi.
Ishqoriy 
xususiyatdagi 
oqova 
suvlarni 
zararsizlantirish 
qurilmalari 
tsement ishlab chiqarish korxonalarida oʹrnatilgan. Bunda ushbu korxonada muhit pHi 
12-13 ga teng suvlar ajraladi. Bu suvlar tarkibida -6% S0
2
gazlari boʹlgan tutun gazlari 
bilan tarelkali kolonnalarda neytralizatsiya qilinadi. 
Oksidlash. Oqova suvlarni tozalash uchun quyidagi oksidlovchilar qoʹllaniladi: 
gazsimon va suyuq xlor, xlor dioksidi, kaltsiy xlorid, kaltsiy gipoxlorid, kaliy perman- 
ganat, vodorod peroksidi, havo kislorodi, ozon va boshqalar.
Oksidlash jarayonida oqova suvdagi zaharli birikmalar zararsiz holgacha parcha- 
lanadi va ular suvdan ajratiladi. Oksidlash jarayonida katta miqdorda reagentlar sarf 
boʹladi. Shuning uchun bu usul qolgan boshqa usullar yordamida oqova suvni 
zararsizlantirishning iloji boʹlmagandagina qoʹllanilanadi. Masalan, oksidlash usuli – 
sian, mishyak birikmali oqova suvlarni zararsizlantirish lozim boʹlganda qoʹllanilishi 
mumkin. 
Har bir oksidlovchining oksidlash potentsiali boʹlib, ularning aktivligi shu koʹrsatkich 
orqali belgilanadi. Oksidlovchilarning ichida ftor eng aktivdir, ammo uning toksik 
xususiyati ftorni suv tozalash jarayonida keng ishlatish imkonini bermaydi.
Qaytarish usuli: Oqova suvni qaytarish usulida 
tozalash – suvda tez qaytariluvchi moddalar uchraganda 
qoʹllaniladi. Bu usul oqova suvdan simob, xrom, 
mishyak moddalarini ajratish uchun keng qoʹllaniladi va 
ular tindirish, filtrlash yoki flotatsiya usullari yordamida 
suvdan ajratiladi.
Suvda simobning organik birikmalari uchrasa, avval 
organik modda parchalanadi, soʹng simob kationlari 
metall holigacha qaytariladi.
Oqova suvlarni olti valentlik xromdan tozalash uchun 
u avval qaytarish jarayoni asosida uch valentlikka 
oʹtkaziladi, keyin xrom gidrooksidini ishqoriy muhitda 
choʹktirish amalga oshiriladi. Bunda qaytaruvchi 
sifatida aktivlangan koʹmir, temir sulfat, natriy bisulfat, 
vodorod, oltingugurt dioksidi, pirit kuli va shu kabilar 
qoʹllaniladi. Amalda koʹpincha natriy gidrosulfat 
(bisulfit) ishlatiladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling