Ishlab chiqarishda hosil boʹlgan oqova suvlarga; ishlab chiqarishning texnologik
jarayonida foydalanilgan va ikkilamchi foydalanishga yaroqsiz boʹlgan suvlar kiradi. Bu
esa, ishlab chiqarishning turiga, shunindek, qabul qilingan texnologik jarayonlarga
bogʹliqdir.
Yomgʹir suvlari atmosfera yogʹinlari tushishi natijasida hosil boʹladi. Ularga qor
va muzliarni erishidan hosil boʹladigan yumshoq suvlar ham kiradi. Yomgʹir suvi
oqimining oʹziga xos xususiyati, uning ahyon-ahyonda boʹishi hamda, sarf etilishi va
sifatining keskin notekisligidir.
Koʹchalarni yuvishdan qolgan, favora va drenajlarning suvlari sifat koʹrsatkichiga
koʹra yomgʹir suvlariga yaqin boʹlib, ular bilan birga yoq boʹlib ketadi
2.
Oqava suvlari va boshqa zararli moddalar bilan birgalikda chuchuk suvlarga kelib
qo`shilmoqda. Butun dunyo suv omborlariga kelib quyiluvchi bunday turdagi ifloslangan
suvning ta`siri natijasida butun dunyodagi suv zaxirasiga jiddiy shikast yetmoqda. Bu esa
toza suvning ifloslanishiga olib kelmoqda. Suv obyektlaridagi suvning ifloslanishida
unga uyuluvchi zararli moddalar aksariyati: Neft maxsulotlari chiqindilari, fenollar, oson
oksidlanuvchi organik moddalar, ammoniy va azot nitratlari hisoblanadi
3.
Oqova suvlarning sinflanishi. Iflos suvlarning bir necha sinflanishi mavjuddir.
Iflos suvlarning effektiv tozalash sxemasini tanlab olish uchun eng qulay boʹlgan
sinflanish – bu: L.A.Kulskiy sinflanishidir. Ushbu sinflanishga binoan suvlar 4
guruhlarga boʹlinadi :
1-guruh - suvda erimaydigan yirik dispersli zarrachalar bilan ifloslangan suvlar,
zarrachalar kattaligi 10-3-10-7m;
2-guruh - suvda erimaydigan mayda disʹersli va kolloid zarrachalar bilan
ifloslangan suvlar, zarrachalar kattaligi 10-7 - 10-9m;
3-guruh - suvda erigan organik moddalar bilan ifloslangan suvlar;
4-guruh- suvda erigan anorganik moddalar bilan ifloslangan suvlar (kislota, ishqor,
tuzlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |