Aerob usulda mikroorganizmlar ucbun doimiy kislorod oqimi kerak va jarayon 20-
40° S dan oshmasligi lozim.
Anaerob usulida kislorod boʹlishi shart emas va bunda asosan choʹkmani
zararsizlantirish uchun foydalaniladi.
Aktiv il (balchiq) tirik organizm va qattiq substratlardan iborat. Tirik organizmlar
– bakteriyalardan, oddiy qurtlardan, drojjilardan (xamirturish), mogʹordan, hasharotlar
lichinkalaridan, hamda suv oʹtlaridan iborat. Ularni hammasi biosenoz deb ataladi (12 xil
mikroorganizm birlashadi).
Ushbu biosenoz aktiv il deb atalib, ularda bakteriyalaming jamoasi (toʹplangani)
shilimshiq qatlam (kapsulalar) bilan oʹralgan boʹladi. Bunday jamoa zoogel –deb ham
ataladi. Zoogellar aktiv ilning strukturasining yaxshilanishiga, yaxshi choʹkishiga, hamda
pishiqlanishiga sabab boʹladi. Shilimshiq moddalar antibiotiklardan iborat boʹlib, ipsimon
bakteriyalarning koʹpayishiga toʹsqinlik qiladi. Agar bakteriyalarning shilimshiq qatlami
boʹl- masa, ifloslangan moddalar sekin oksidlanadi.
Biokimyoviy koʹrsatkich boʹyicha sanoat oqova suvlari 4 guruhga boʹlinadi.
1-guruh – 0,2 dan yuqori. Bunda oziq-ovqat sanoati suvlari -droja, kraxmal,
shakar, pivo sanoat suvlari, neftni birlamchi haydash, sintetik yogʹ kislotalari, oqsil,
vitamin ishlab chiqarish va shu kabi sanoat tarmoqlarining suvlari.
2-guruh – 0,1-0,02. Bunga koks, azot sanoati, koksokimyoviy, soda sanoati oqova
suvlari kiradi.
3-guruh – 0,01-0,001. Bunga sulfatlash, xlorlash, yogʹ, PAV, H2S04 kislotasi,
qora metall va ogʹir mashina sanoati oqova suvlari kiradi.
4-guruh – 0,001 dan kichik. Bunga koʹmir, ruda sanoati, (suvda suzib yuruvchi
moddalar) oqova suvlari kiradi. Bunday korxona suvlari faqat mexanik tozalash usuli
yordamida zararsizlantiriladi.
1 va 2 guruh suvlarining ifloslanganlik darajasi deyarli yaqin boʹladi.Ular
tozalangandan keyin qayta suv aylanma sistemalarda qoʹlianiladi
4
.
Do'stlaringiz bilan baham: |