B e v o s i t a rivojlanishda tuxumdan chiqqan yoki yangi
tug‘ilgan organizm kо‘rinish jihatdan ona organizmga о‘xshaydi
va faqatgina ayrim a’zolarning yetishmaganligi, kichikligi, tana
qisimlarining unchalik mutanosib bо‘lmasligi bilan farqlanadi;
asta-sekin о‘sib borishi bilan ona organizmining tо‘la qiyofasiga
ega bо‘ladi.
Odam va sut emizuvchilarda, qushlarda, sudralib
yuruvchilar va ayrim quyi tabaqa mavjudatlarda lichinkasiz va
bachadonda rivojlanish rо‘y beradi.
B i l v o s i t a rivojlanish metamorfoza, Ya’ni shaklini
о‘zgartirish, lichinka hosil qilish bilan rо‘y beradi. Lichinka о‘z
shakliga, ichki tuzilishiga va yashash tarziga kо‘ra yetuk
organizmdan keskin farqlanadi. Ona organizmi qiyofasiga о‘tish
kо‘pgina о‘zgarishlar (metamorfoza) orqali sodir bо‘ladi.
Metamorfoza kо‘pgina umurtqasizlar, amfibiyalar uchun xosdir.
1. Ontogenez va uning bosqichlari
2. Ontogenezning genetik dasturi
3. Genlarning differensiatsiyasi va differensial faolligi
Do'stlaringiz bilan baham: |