4. Organizmning postembrional (postnatal) rivojlanishi
Har bir avloddga yuzaga keladigan belgi-xususiyatlar
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
ontogenez
Har bir avloddga yuzaga keladigan belgi-xususiyatlar
molekulyar strukturalar - genlar orqali naslga о‘tadi. Genetik dastur yozilgan DNKning birlamchi strukturasi esa organizmning individual rivojlanishi natijasida hech qanday о‘zgarishlarga uchramaydi va onto-genezning hamma bosqichlarida bir xil bо‘lib qoladi. Faqat mutatsiya ta’sirida genetik struktura о‘zgarishi mumkin. Genetik axborot, Ya’ni genotip fenotipda namoyon bо‘ladi. Bu esa hujayra bо‘linishi davrida oqsil biosintezida RNK ishtirokida genetik axborotning yadrodan sitoplazmaga о‘tishi bilan bog‘liq.
Tashqi sharoit ta’sirida belgilar irsiyatga berilganida edi, qurg‘oqchilik sharoitida ekin hosildorligining pasayishi avlodga berilgan va yildan-yilga hosildorlik pasayib ketgan bо‘lar edi. Ya’ni fenotipik о‘zgarishlar gsnlarning о‘zgarshiga olib kelmaydi. Shuning uchun ham bunday о‘zgarishlar irsiyatning о‘zgarishidan dalolat bermaydi.
Xuddi shunday qoramollardagi sut yо‘nalishidagi, gо‘sht yо‘nalishidagi, parrandalarning gо‘sht va tuxum yо‘nalishidagi zotlari faqat ularning irsiyatini о‘zgartirish orqali amalga oshirilishi mumkin yoki qulay tashqi sharoit yaratish bilan mustahkam irsiyatga ega bо‘lgan yangi zotlarni yaratish mumkin emas.
Jinsiy hujayralar-gametalar. Qо‘shilish bilan yangi avlod hosil qiluvchi jinsiy hujayralar (spermatozoit va tuxum hujayrasi) ga gametalar deyiladi. Ma’lumki, organizm tanasidagi gametalardan boshqa barcha hujayralar somatik hujayralarni tashkil etadi.
Erkak va urg‘ochi organizmida, rekroduktiv davrida, jinsiy hujayralar hosil bо‘lib turadi. Yetilgan, shakllangan jinsiy hujayralar yuqori darajada differensiyalangan hujayralardir. Tuxum hujayrasi irsiy ma’lumotni avlodga berishda ishtirok etibgina qolmay, individ rivojining daslabki bosqichida murtakni ozuqa bilan ta’minlash faolyatini ham bajaradi. Erkak jinsiy hujayrasi esa faqatgina irsiy axborotni ota organizmidan avlodga berib, tuxum hujayrasini faollashtiradi. Shu faolyatlarga kо‘ra bu ikki jins gametasining tuzilishi bir-biridan keskin farq qiladi.
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling