4. Organizmning postembrional (postnatal) rivojlanishi
S p e r m a t o z o i d
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
ontogenez
S p e r m a t o z o i d. erkak jinsiy hujayrasi tuzilishiga
kо‘ra barcha umurtqalilararo ayrim farqlarga ega bо‘lsada, yagona faoliyat-tuxum hujayrasini urug‘lashtirishni ta’minlovchi umumiy о‘xshashlikka ega. Spermatozoidda boshcha, bо‘yincha, oraliq qism va dumcha (uning yuqori va uch qismlari) tafovut qilinadi. Boshcha asosan zich, tо‘q bо‘yaluvchi yadroga ega. Yadroning oldingi tomoni g‘ilof bilan qoplangan bо‘ladi. Shu g‘ilof akrosoma (о‘zgargan Goldji komplekisidan iborat tuzilma) spermatozoitning tuxum hujayra qobig‘iga ta’sir etuvchi gialurinidaza fermentini tutadi.
Spermatozoit bо‘yinchasida ikkita sentriola mavjuddir. Boshcha yaqinida proksimal sentriola kо‘ndalang yotadi. Oraliq qism tomonda yotgan distal sentriola spermatozoid о‘qiga paralel joylashadi va undan dum xivchinlari boshlanadi.
Spermatozoitning oraliq qismini dum xivchinlarini hosil qiluvchi о‘q ip va uni birin-ketin spiralsimon о‘ragan kо‘pgina mitoxondriyalar tashkil etadi. Mitoxondriya mо‘l ATF va glikogenaga ega bо‘lgan shu oraliq qism spermatozoid harakatining energiyaviy manbai hisoblanadi.
Spermatozoit dumchasining yuqari-asosiy qismi harakatni ta’minlovchi tuzilma-xivchin mikrona ychalari va tayanch fibrillalardan iborat. Dumchaning uch qismida mikronaychalar har xil uzunlikda bо‘lganligidan to eng uchiga qadar hammamiz
ham yetib bormagan bо‘ladi. Dumchadagi barcha fibrllyar (ipsimon) tuzilmalar sitoplazma bilan о‘ralgandir. Gametogenez spermatozoit va tuxum hujayralarining birlamchi jinsiy hujayralardan hosil bо‘lishi-spermatogenez va oogenzdan iborat. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling