4. Organizmning postembrional (postnatal) rivojlanishi
Genlarning differensiatsiyasi va differensial faolligi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
ontogenez
Genlarning differensiatsiyasi va differensial faolligi Ba’zi genlar hamma hujayralarda faoliyat kо‘rsatadi. Masalan, nafas olish, membranalarning о‘tkazuvchanligini ta’minlovchi, ATF sintezi va boshka umumiy xususiyatlarpi boshkaradigan genlar shular jumlasidandir. Ba’zi hujayralarda esa genlarning ba’zilari faoliyat kо‘rsatadi. Ya’ni har bir hujayra о‘zining faol genlari tо‘plamiga ega. Hujayralarning ixtisoslashuvi qancha kuchli bо‘lsa, ulardagi aktiv genlar soni ham shuncha kam bо‘ladi. Masalan, eritrotsitlar
hujayralari faqat bitta vazifani-qanddagi gemoglobin oqsilida bog‘langan kislorodni tashish funksiyasini bajaradi. Bu hujayralarning differensiatsiyasi natijasida faqat gemoglobinni hosil qiluvchi genlargina faolligini saqlab qoladi. Organizmning hamma hujayralarida gemoglobin bо‘lmaganligi sababli, ularda bu oqsilni sintezini boshqaruvchi genlarning aktivligi susaygan bо‘ladi. Organizmlarning individual rivojlanishi davomida bir xil hujayralardan morfologik belgilari va tо‘qima, organlardagi funksiyalari bilan farq qiladigan hujayralarning hosil bо‘lishiga ularning differensiatsiyasi deyiladi. Organizmning differensiatsiyasi asosida genlarning har xil aktivligi yotadi. Ya’ni ixtisoslashgan hujayralarda genlarning cheklangan guruhi faoliyat kо‘rsatadi, boshqalarining faoliyati esa cheklanadi. Genlar faoliyati va faolligiga quyidagi misolni keltirish mumkin. Tо‘qimalari tirik bо‘lishi va nafas olishiga qaramasdan, yangi kovlab olingan kartoshka tuganaklarining "kо‘zchalari" tinim holatida bо‘ladi. Bu davrda ular о‘smaydi. Bu tо‘qimalarda DNK replikatsiyasi va fermentlar sintezini boshqaruvchi, Ya’ni hujayralarning bо‘linishini boshqaruvchi RNK sintezining tuxtashi bilan bog‘liq. Bunday tuganaklarga gormon-gibberillin kislota ta’sir ettirish bilan RNK sintezini boshkaruvchi genlarning faoliyati aktivlashadi va о‘sish jarayoni boshlanadi.
Tirik organizm о‘z-о‘zini boshqaradigan va takrorlaydigan biologik tizim ekanligi. Bunday tizimning mavjudligi va faoliyati о‘zi uchun kerakli energiya va moddalarni oladigan tashqi muhit bilan munosabati asosida ta’minlanadi. Umuman, tirik mavjudotlariing mavjudligi va rivojlanishi genlar dasturi asosida yuz bsradigan nuklein kislotalar va oqsillarning yangilanib turilishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, shu genlarning mavjudligi va faoliyati ham shu oqsillar bilan bog‘liq (genlar ma’lum organizmlarda shakllanadi). Organizmlardagi boshqarish mexanizmlari har xil tashqi va ichki ta’sirlarga reaksiyasi sifatida ichki muhit doimiyligini (gomeostaz) ta’minlashni boshqarishga qaratilgan. Gendan axborot RNK orqali sitoplazmaga о‘tadi. Shu bilan birga, gen DNKning bir qismi sifatida oqsil-gistonlar bilan birga xromosoma tarkibiga kiradi. Xromosomalar esa, о‘z navbatida yadroda bо‘lib, u hujayradagi sitoplazmada mavjud. Bir xil hujayralar tо‘plami tо‘qimani tashkil etadi. Tо‘qima esa organizmning ajralmas qismidir.
Shuning uchun, butun organizmning tashqi muhit bilan munosabati jarayonida uning gomeostazi va boshqarish mexanizmi shakllanadi. Bir necha yuz yillar davomida organizmning individual rivojlanish davrida shakllangan belgi va xususiyatlarning avlodlarga berilishi tо‘g‘risidagi masala eng murakkab va munozarali bо‘lib kelgan.
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling