4 reja kirish asosiy qism
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 9035 uzsmart.uz
38
uchun mos keluvchi zarur vositalarni tanlashga to‘g‘ri kelgani uchun, echishning u yoki bu vositasi va usulini tanlashda masalaning qo‘yilishiga albatta e’tibor berish kerak bo‘ladi. Imitatsion modellashtirishdan foydalanishni hech qachon eng qulay va samarali usul deb qaramaslik lozim. Echilayotgan masala uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar yig‘ilib borgani hamda masalani tushunish darajasi chuqurlashib borgani sari imitatsion modellashtirishdan foydalanishni shubha ostiga olish kerak bo‘ladi. Hamma hollarda ham qo‘yilgan masalani echish jarayonida imitatsion model qurish va uni amalga oshirish zarur bo‘ladigan barcha mumkin bo‘lgan vosita va xarajatlarni hisobga olish, tahlil qilish lozim, bu ma’lumotlarni biz imitatsiyalash natijasida olmoqchi bo‘lgan ma’lumotlarimizning qiymati bilan taqqoslash kerak bo‘ladi. 4-§. IMITATSION MODEL STRUKTURASI. Model qurishdan avval, biz modelning strukturaviy elementlarini aniqlab olishimiz lozim. Matematik yoki jismoniy model strukturasi murakkab bo‘lsada, ularni qurish asoslari sodda bo‘lishi mumkin. Umumiy holda model strukturasini quyidagi forqali ifodalash mumkin: ) , ( y x f E Bu erda E- sistema xarakatining natijasi, x - biz boshqarishimz mumkin bo‘lgan parametr va o‘zgaruvchilar, u - biz boshqara olmaydigan parametr va o‘zgaruvchilar, f – bu parametrlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik. Bu sodda formula sistemaning faoliyati biz boshqarishimz mumkin bo‘lgan parametr va o‘zgaruvchilar hamda boshqara olmaydigan parametr va o‘zgaruvchilarga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Umuman aytganda, har qanday imitatsion model quyidagi tarkibiy elementlarning qandaydir kombinatsiyasini ifodalaydi: - strukturaviy komponentalar, - o‘zgaruvchilar, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling