4 reja kirish asosiy qism
KIRITISH VA CHIQARISH BUYRUQLARI
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 9035 uzsmart.uz
KIRITISH VA CHIQARISH BUYRUQLARI
Ko‘pincha masalalarni echish jarayonida masalaning shartida berilgan ma’lumotlarni klaviatura orqali kiritishga to‘g‘ri kelib qoladi. read operatori o‘zgaruvchilarga qiymatlarni klaviatura yordamida berishni tashkil qilish uchun ishlatiladi. Bu operator umumiy ko‘rinishda quyidagicha 57 yoziladi: read (o‘zgaruvchilar ro‘yxati); Ro‘yxatdagi o‘zgaruvchilar bir-birlaridan vergul bilan ajratiladi. Masalan: read (r,k,h); . Read buyrug‘ini bajargan EHM ishdan to‘xtaydi va ro‘yxatda ko‘rsatilgan barcha o‘zgaruvchilar uchun qiymat kiritilishini kutadi. Klaviaturadan kiritilayotgan ma’lumotlar bir-biridan bo‘sh joy belgisi bilan ajratiladi. Kiritilgan ma’lumotlar tartib raqamlariga qarab mos ravishda berilgan ro‘yxatdagi o‘zgaruvchilarga qiymat qilib beriladi. Boshqacha aytganda, birinchi kiritilgan ma’lumot ro‘yxatdagi birinchi o‘zgaruvchiga, ikkinchi ma’lumot ikkinchisiga va xokazo tartibda beriladi. Yuqoridagi opreator uchun klaviaturadan quyidagi ma’lumotlar kiritilgan bo‘lsin: 2.34 15 Paskal U xolda r ga 2.34, k ga 15, h ga esa «Paskal» qiymatlari beriladi va dasturning keyingi buyruqlari o‘zgaruvchilarning ana shu qiymatlari uchun bajariladi. Qiymat olayotgan o‘zgaruvchi bilan unga berilayotgan qiymat bir xil tipga mansub bo‘lishi lozim. Char yoki string tipidagi ma’lumot kiritilayotganda ularni apostrof orasiga olish shart emas. Real tipida ma’lumot kiritilayotganda esa butun sonlarni xam kiritishga ruxsat beriladi. (Bu holda kiritilgan 10 sonini 10.00 tarzida qabul qilinadi.) Boolean tipidagi ma’lumot sifatida faqat false yoki true qiymatlaridan birini kiritish mumkin xalos. Klaviaturadan kiritilgan ma’lumotlar soni read operatorida berilgan ro‘xatdagi o‘zgaruvchilar sonidan kam bo‘lmasligi lozim. Aks holda, ro‘yxatdagi qaysidir o‘zgaruvchi qiymat olmagani sababli navbatdagi operatorlar bajarilmay turaveradi. Agar kiritilgan ma’lumotlar soni read operatori bilan ko‘rsatilgan o‘zgaruvchilar sonidan ko‘p bulsa, buning zarari yo‘q. CHunki ortiqcha qiyomatlar yoki navbatdagi read dagi o‘zgaruvchilarga qiymat qilib beriladi. Masalan, bitta dasturda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling