4 reja kirish asosiy qism
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 9035 uzsmart.uz
50
ifodalar alternativ variantlarni taklif eta oladi. Tajriba rejalarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar yaxshi yoritilgan va oson tatbiq etiladigan bo‘lmog‘i lozim. SHunday qilib, tajribalarni rejalashtirish yangi ma’lumotlar sintezini va yangi g‘oyalarni ilgari surishni engillashtirishi mumkin. Bu bilan turli shakldagi sarf-xarajatlarni kamaytiradi. Taktik rejalashtirish, umuman aytganda tajribalarni o‘tkzish usullarini aniqlash va ularning samaraliligi masalalari bilan bog‘liq bo‘ladi. Taktik rejalashtirish avvalo ikki tipdagi masalalar echimiga bog‘liq bo‘ladi: 1) o‘rnatilgan rejimga erishishga ta’sir ko‘rsata oladigan boshlang‘ich shartlarning aniqlanishi; 2) tanlanmalarning o‘lchamlarini kamaytirgan holda echimlar dispersiyasini pasaytirish. Birinchi masala modelning ishlashining sun’iy xarakterga ega bo‘lishi natijasida yuzaga keladi. Model ifodalayotgan real ob’ektdan farqli ravishda, imitatsion model epizodik (vaqti-vaqti bilan) ishlaydi. Bu tadqiqotchi modelni ishga tushirishi va to‘xtatish, kuzatishlarni bajarish imkoniga ega ekanligini anglatadi. Xar gal, navbatdagi tajriba boshlanganda, muvozanat sharoitlariga erishishi uchun ma’lum bir vaqt talab qilinadi. Bu esa real ob’ektning ishlash shartlariga mos keladi. SHunday qilib, modelning dastlabki ishlash davri modelni ishga tushirishning boshlang‘ich shartlari tufayli bir oz buziladi. Masalani xal qilish uchun birinchidan, dastlabki davrga mansub bo‘lgan ma’lumotlarni chiqarib tashlash (xisobga olmaslik), ikkinchidan, o‘rnatilgan rejimga erishish uchun tadab qilinadigan vaqtni kmaytiradigan boshlang‘ich shartlarni tanlash lozim. Aql bilan tanlangan boshlang‘ich shartlar o‘tish davrini kamaytiradi yoki to‘la yo‘qotadi. SHuning uchun qo‘shimcha ravishda o‘lchashlarni boshlash vaqtin aniqlash talab qilinadi. Taktik rejalashtirishning ikkinchi masalasi tajriba natijalarini aniqligini, chiqarilgan xulosalarning ishonchliligini baholash bilan bog‘liq. Bu erda shartlarning o‘zgaruvchanligi, tanlanmalarning o‘lchamlari, tajribalarning takrorlanuvchanligi kabi savollar tug‘iladi. CHeklangan ma’lumotlar asosida olib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling