Kichik guruhlarga bo‘ladi. Kichik guruhda ishalash qoidasi:
O‘quvchilar sonidan kelib chiqib teng 3 yoki 4 kichik guruhlarga bo‘linadi; Har bir kichik guruhlar o‘zlariga nom berishadi; Berilgan topshiriqlarni bajarishadi.
7-ILOVA
Kichik guruhlarga bo‘linib ishlash uchun topshiriq:
Elektr mashinalarining klassifikatsiyasini yozib bering. Berilgan rasmdan foydalanib elektr mashinalaring ishlash prinsipiga ko‘ra nomlanishini yozib bering
1.Elektr mashinalarining klassifikatsiyasi
2.Berilgan rasmdan foydalanib elektr mashinalaring ishlash prinsipiga ko‘ra nomlanishini yozib bering.
8-ILOVA
Ishni bajarish yo‘riqnomasi:
- 1-topshiriq bo‘yicha klaster usulida foydalanib bo‘sh qolgan joylarni to‘ldiring.
- 2- topshiriq bo‘yicha berilgan tarqatma materialdan foydalanib elektr mashinalaring ishlash prinsipidan kelib chiqqan holda nomlang.
9-ILOVA
Uyga vazifa:
- “Elektr mashinalari va yuritmalariga oid umumiy ma’lumotlar” mavzusi bo‘yicha konspektni to‘ldirish.
- Quyidagi savollarga yozma javob yozib kelish:
- Elektrlashtirish- bu nima?
- Elektr mashinalariga ta’rif bering
- Atom elektr stansiyasining issiqlik elektr istansiyasinidan asosiy farqi nimada?
2.3-BO‘LIM. MAVZULAR TO‘PLAMI
Mavzular to‘plamida taqvim-mavzular rejasida keltirilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning mavzu matnlari yoritiladi. Mavzular to‘plamining tarkibi qo‘yidagilardan iborat:
- 1.2-ilovadagi na’muna asosida mavzular to‘lamining titul varag‘i;
- Mundarija;
- Kirish (fanning dolzarbligi, ahamiyati, maqsadi va vazifalari yoziladi)
- Mavzu nomi ;
- Mavzu rejasi (fanning ta’lim texnologiyasini o‘qitish modelida o‘quv mashg‘ulot rejasi keltirilgan)
- Mavzu bayoni nazariy mashg‘ulot uchun matn yoziladi, amaliyot uchun qisqacha axborot materiallar, amaliyot uchun zarur jihozlar va yo‘riqnomali texnologik xarita shakillantiriladi (1.3-ilova). Bundan tashqari har bir mavzu bo‘yicha test savollari, adabiyorlar va internet saytlari ro’yxati beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |