4– sho‘BA: raqamli texnologiya – maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda modifikatsion faoliyatni tashkil etuvchi jarayon sifatida
Download 455.41 Kb. Pdf ko'rish
|
248-250
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
Shavkat Mirziyoyev
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ta’lim sohasiga juda katta e’tibor berilmoqda. Kuni kecha “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu qaror yurtimizda ilm fan sohasi rivoji uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Ta’limni yangi bosqich, yangi pog‘onaga ko‘taradi. O‘zbekistonda matematika ta’lim sohasini yuqori bosqichga ko‘tarish, uni butunjahon miqyosida tatbiq qilish uchun e’tiborni, avvalambor, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimiga qaratish lozim. Agar Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimidagi bolalar matematika faniga qiziqadigan, unga aloqador barcha tushunchalar haqida ma’lim bir tasavvurlarga ega bo‘lsalar, ular istalgan sohada yuksak natijalarga erisha oladi. Kuzatish va tajribalar shundan dalolat beradiki, ko‘pchilik boshlang‘ich sinf o‘quvchilari vaqtga oid masalalarni yechishga qiynaladi. Buning sabablaridan biri o‘quvchilarda vaqtga oid tushunchalarning yaxshi shakllanmaganligi bo‘lsa, ikkinchidan boshlang‘ich sinflarda vaqt tushunchasining tizimli o‘rgatilmaganligi, qolaversa, o‘qituvchining vaqt va uning o‘lchov birliklari ustida ishlash metodikasiga to‘la amal qilmasligidir. Vaqt tushunchasining boshqa metrik sistemadagi asosiy miqdorlardan farqi, uning o‘lchov birliklari orasidagi turli xil bog‘lanishlarda bo‘lishidir. Uzunlik birliklari, massa birliklari o‘zaro 10, 100, 1000 kabi sonlar bilan bog‘lanib kelsa (masalan 1m = 10dm, 1dm = 10 cm, 1m = 100 cm va hokazo) vaqt birliklari o‘zaro 60, 24, 100, 365 kabi sonlar bilan bog‘lanishda (masalan 1sutka = 24soat) bo‘ladi. Bu o‘quvchilarning vaqt tushunchalarini to‘la o‘rganishlariga monelik qiladi. Document Outline
Download 455.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling