4-sinda qo'shiq o'rgatishda ovoz xususiyatlarini e'tiborga olish shakllari


Download 225 Kb.
bet6/11
Sana14.05.2023
Hajmi225 Kb.
#1460169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4 SINDA QO\'SHIQ O\'RGATISHDA OVOZ XUSUSIYATLARINI E\'TIBORGA OLISH

Bolalar ovozini rivojlantirish Ovoz-axborotini o‘zatishning g‘oyat muhim tovush vositasidir, odamlaming o‘zaro aloqa bogMash vositasidir. Odamlarning ovoz bilan bog‘liq faoliyatining asosiy turlari nutq va qo‘shiq aytishdan iborat bo‘lib, ularga ayni vaqtda musika faoliyatining bir turi deb ham qaraladi.
Ovoz - insonning katta boyligi bo‘lib, bu boy likdan u butun umri davomida foydalanadi. Shu munosabat bilan tovush xosila tizilmasini ustalik bilan mashq qildirish, chiniqtirish, uni mumkin qadar uzoq vaqt sog‘lom saqlashga intilish muhimdir.
Shu narsa aniqki, bolalikdan qo‘shiq aytishga to‘g‘ri o‘rgatish odamni muzikaviy - ijodiy rivojlantirishnigina emas, balki uning tovush xosila tizilmaini mustahkamlash, ovozni asrashning ham samarali usulidir. Qo‘shiq aytishni rivoj lantirish nutqning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli qo‘shiq aytishga bolalikda to‘g‘ri o‘rgatish muhimdir. Bunda bolaning qo‘shiq ovozni iloji boricha ertaroq, ehtiyot bo‘lib, g‘amxo‘rlik bilan rivojlantirish, uning tovush xosila tizilmasining holatiga doimo e’tibor bilan qarash zarur.
Bola ovozining rivojlanishi bola yoshining ulg‘ayishi natijasida qo‘shiq aytishga aniq maqsadni ko‘zlab o‘rgatish tufayli yoki muntazam o‘quv jarayoniga uyutirilmagan sharoitlardagi ijobiy ta’sir ostida, yoki boimasa har ikkala yoining qo‘shilib ketishi tufayli yuz beradigan jarayondir.
Bola ovozining birlamchi manbai bo‘g‘iz bo‘lib,unda tovush naychalari oralighda tutashgan tovush pardalari bo‘ladi. Qo‘shiq aytgan vaqtda markaziy asab sistemasining boshqaruvida faqat bo‘g‘iz emas, balki artikulyatsiya xosila tizilmai, nafas organlari hamda boshqa organ va sistemalar jalb etiladi.
Boladagi tovush xosila tizilmasining ayrim organlari takomillashuvi jarayonida ba’zan ular rivojida nomutanosiblik paydo bo‘ladi. Bir tomondan-bu jarayonda sezilarli sakrashlar yuz beradi, ikkinchi tomondan shunday intervallar boiadiki, bunda ayrim organlaming rivojlanishi deyarli sezilarsiz o‘tadi. Ulaming shakllanishi bir vaqtda tugamasligi ham xarakterlidir.
Qo‘shiq aytishga o‘rgatishni tashkil etishda shu narsa katta ahamiyatga egadirki, bolalaning ovozi yosh jihatidan kamol topishining bir qancha davrlarini
boshdan kechiradi. Ulaming muddatlari turli bolalarda har hil bo‘lib, ba’zan juda katta farq qiladi.
Bunda bolaning ovoz diapozoni bir muncha qisqarishi, kuylash choghda bir qadar o‘ng‘aysizlik, kuylab bo‘lgandan so‘ng charchoq paydo bodishi, ovoz jarangida bir muncha o‘zgarish yuz berishi, masalan u bir oz bo‘g‘ilishi mumkin.
Qo‘shiqchilik rivojida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan optimal ko‘rsatgichlarga erishish uchun qo‘yidagi asosiy qoidalami bajarish kerak.
a) qo‘shiq hamisha erkin, tabiiy, zo‘riqmasdan aytilishi kerak;
b) qo‘shiq aytish xotirjamlikni, faollikni, emotsional tayyorgarlikni, qo‘shiq aytish chogMda gavdani tutish qoidalariga rioya qilish zamrligini, muayyan asami ijro etishga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lishi, o‘zining musiqa tinglash qobilyatini muttasil kontrol qilib turishni talab qiladi;
v) jarangdor, lekin ayni vaqtda mayin, yumshoq, ohangdor tovushni, butun diapozonda bir tekis bo ‘ Igan tovushni shakllantirishga, ovozning individual go‘zalligini saqlashga harakat qilish kerak;
g) ovozning jaranglash tembrini ovoz diapozoning markaziy qismidan yuqori va pastga qarab mustahkamlash hamda rivojlantirish, uning eng chetdagi tovushlarini suiiste’mol qilmaslik, ovozning ishchi diapozoni -butun diapozonning shunday bir qismiki, uning doirasi oson va erkin kuylanadi, ovozning bir tembri saqlanib, undan aralash tovushlar muvaffaqiyatli shakllantiriladi degan fikrga asoslanish;
д) qo‘shiq aytgan vaqtda qichqirish, tovushni zo‘riqtirish mumkin emas;
ye) doimo past tovush va bolaning lanjligi bilan bog‘liq holda qo‘shiq aytishdan ham naf kam;
j) qo‘shiq nutqining aniqligi (talaffuz) yaxshi bo‘lmog‘i uchun unli tovushlarni to‘g‘ri, aniq, lekin birmuncha silliqlashtirib shakllantirish kerak; undosh tovushlarni aniq, keskin, qisqa, har bir kishida ma’lum darajada individual bo ‘ Igan qo‘shiq aytish rejimida ovoz xosila tizilmasining ishidagi qulaylik buzmagan holda chiqarish zarur;



Download 225 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling