Dars turi: Yangi bilim beruvchi, o’tgan mavzuni mustahkamlash.
Dars metodi: Ifodali o’qish, aqliy hujum, klaster.
Jihozi: Mavzuga doir ko’rgazma, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2
|
Uy ishini tekshirish
|
4 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni tashkil etishga o’tish
|
2 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni yoritish
|
14 daqiqa
|
5
|
Yangi bilimlarni tekshirish va mavzuni
|
10 daqiqa
|
6
|
O’rtog’ingni tekshir bellashuvi
|
10 daqiqa
|
7
|
Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash
|
2 daqiqa
|
8
|
Uyga vazifa
|
1 daqiqa
|
9
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomatni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b)Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish. Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi: corn – jo’xori, calf - buzoq.
II O’tgan mavzuni mustahkamlash
O’quvchilar bilan A. Navoiy haqida klaster to’ldirish. Navoiy bobomizning sifatlarini to’g’ri topgan o’quvchilarni rag’batlantirib baholash.
III Yangi mavzu bayoni Muallif haqida ma`lumot:
Zikrilla Neʼmat 1961-yilning 13-dekabrida Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida tahsil oldi. Oʻzbekiston Respublikasi IIV “Postda”, “Na postu” gazetalari va “Qalqon”, “Shit” jurnallari Birlashgan tahririyati bosh muharriri vazifasida ishladi.
Dastlabki sheʼrlari oʻquvchilik davrlarida hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida bosildi.
Zikrilla Neʼmatning koʻplab sheʼrlari taniqli hofizlar tomonidan kuylanib kelinmoqda. Shoirning “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan “Vatan haqida qoʻshiqlar” (2012) kitobi “Eng ulugʻ, eng aziz” Respublika anʼanaviy tanlovi gʻolibi boʻldi.
D UNYODA TINCHLIK DEB YASHAR HARBIYLAR
Tongda ham, tunda ham, yoz-u qishda ham,
Vatan xizmatiga shoshar harbiylar.
Qalbda qasamyodin saqlab mustahkam,
Daryo-yu tog‘-u tosh oshar harbiylar.
O‘pib hur Vatanning mag‘rur bayrog‘in,
Ko‘zga surtib uning qadim tuprog‘in.
Asrab jondek aziz bog‘-u gulbog‘in,
Dunyoda tinchlik deb yashar harbiylar
Muqaddas burchini oqlamoq uchun,
Osmonin musaffo saqlamoq uchun,
Zaminga baxsh etib bor g‘ayrat-kuchin,
Goh ko‘kda lochindek uchar harbiylar.
Bedordirlar go‘dak sevinchi uchun,
Vatanning qudrati, el tinchi uchun.
Kerak bo‘lsa, jondan kechar harbiylar,
Dunyoda tinchlik deb yashar harbiylar. (Zikrilla Ne’mat)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Harbiylar nima uchun qasamyod qilishadi?
2. Yurt posbonlarining muqaddas burchi nimalardan iborat deb o‘ylaysiz?
V. Baholash.
Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa. Sh`erni yod oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |