Yangi mavzu bayoni.
– Bolajonlar laqmalik qanday odat? U qanday oqibatlarga olib keladi? O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
Bugun biz sizlar bilan “Laqma it” ertagining 2-qismi bilan tani- shamiz.
O‘quvchilar bilan dangasalik, uning oqibatlari haqida suhbatlashib,
fikrlari tinglanadi.
Nima uchun itni laqma deb atashadi?
Dangasalar nimasi bilan boshqalardan ajralib turadi?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi.
“Laqma it” ertagining 2-qismi asosida lavha namoyish qilinadi. Kadr ortidan ertak matni o‘qiladi.
O‘qituvchi ertak mazmunini tushuntiradi. Notanish so‘zlar ustida lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
sanqiydi – tentirab yuradi boshpana – turar joy
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Laqma it” ertagining 2-qismi o‘quvchilarga o‘qittiriladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
It yozni qanday o‘tkazdi?
Itning qilmishini qanday baholash mumkin?
Ertak nima uchun “Laqma it” deb nomlanganini izohlang. “Ma’nodoshini top” o‘yini. O‘quvchilar “Laqma it” ertagining
qismidagi so‘zlarga ma’nodosh so‘zlarni topib, aytadilar. Eng ko‘p ma’nodosh so‘z topgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
Test topshiriqlari:
Qaysi parrandalar itga joy berishmadi?
A) xo‘roz, tovuq, kurka, o‘rdak B) mushuk, it, buzoq, kurka
D) kuchuk, o‘rdak, jo‘ja, g‘oz E) echki, buzoq, mushuk
It yoz kelsa, nima qilmoqchi edi?
A) mushukka rahmat aytmoqchi edi B) o‘ynamoqchi edi
D) uy qurmoqchi edi E) cho‘milmoqchi edi
It qurmoqchi bo‘lgan uyining o‘rtasida nima bo‘lishini o‘yladi?
A) o‘yinchoq B) pech D) gullar E) yostiqlar
It yoz kelganda nima qildi?
A) uy qurdi B) o‘yinchoq yasadi
D) mushuknikiga mehmonga bordi E) bir ish qilmay, sanqib yurdi
It nima uchun uy qurmadi?
A) aqlli bo‘lgani uchun B) dangasaligi uchun
D) charchagani uchun E) g‘isht bo‘lmagani uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |