TK 3: mavzuga mos she’rlarni muntazam o‘qib-o‘rganib borish va bilimini oshirish.
FK 1: matnni gap ohangiga rioya qilgan holda aniq, ravon o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda estetik didni o‘stirish, ularga tabiatni sevish tuyg‘usini singdirish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning adabiy til talaffuzi qoidalariga rioya qilgan holda ongli o‘qish ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash qobiliyat- larini rivojlantirish.
FK 2: matndagi so‘z va gaplarning ma’nolarini tushuna olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, “Sandiqchaga joyla”, “O‘rnini top” mashqlari.
Dars jihozlari: qish manzarasi tasvirlangan rasmlar, multimedia ilova-
lari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Mehnat kishini ulug‘laydi” mavzusida yozib kelgan
kichik hikoyalarini o‘qib beradilar.
“ Sandiqchaga joyla” mashqi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilar aralash tarzda berilgan maqol va topish- moqlarni guruhlab, alohida sandiqchalarga joylaydilar.
Masalan:
Tinmas bitta, Tinglar mingta.
Jasur bo‘lsang yov qaytar. Bir ajoyib ishxona,
Ichi doim qishxona.
Aybsiz do‘st izlagan do‘stsiz qolar. Tili po‘lat shovvoz,
So‘zlay olmas beqog‘oz.
Bola – aziz, odobi undan aziz.
(Topishmoqlar javobi: radio, muzlatkich, ruchka) Mashq natijalari e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |