4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 3.78 Mb.
bet108/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

Yangi mavzu bayoni.


– Bolalar, bugun biz “Qish to‘zg‘itar momiq par” she’ri bilan tani- shamiz.
O‘qituvchi she’rning muallifi Qudrat Hikmat haqida qisqacha
ma’lumot beriladi.
Qish fasli haqida videolavha namoyish qilinadi.
O‘qituvchi “Qish to‘zg‘itar momiq par” she’rini ifodali o‘qib beradi.

  • Bu she’r sizga yoqdimi? Nima uchun?

  • U sizda qanday his-tuyg‘ularni uyg‘otdi?

  • Shoir she’rni qanday kayfiyatda yozgan?

O‘quvchilar she’rni ovoz chiqarmay, mustaqil o‘qiydilar.

qo‘ying.
She’rda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Lug‘at ishi:


namat yungdan bosib ishlangan palos
mo‘rkon oshxona, o‘choq va shu kabilarning tutun chiqib ketadi- gan yo‘li
surunkasi muttasil ravishda, uzluksiz, beto‘xtov
nazdimda nazarimda, xayolimda

  • “Namat” so‘ziga ma’nodosh so‘z toping. (palos, sholcha, gilam)

  • “Surunkasi” so‘ziga qarama-qarshi ma’noli so‘z ayting. (gohida, onda-sonda, bir-bir)

  • Shu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. She’r mazmuni tahlil qilinadi.

  • Bu she’r nima haqida ekan?

  • Shoir she’rda tabiat manzarasini ifodalash uchun qanday so‘z va iboralarni qo‘llagan? Misollar keltiring.

  • Darslikdagi rasmda kimlar va nimalar tasvirlangan? She’rdan shu rasmga mos misralarni topib o‘qing.

Shoir bo‘laman” mashqi. O‘quvchilarga qish fasli haqidagi she’rlarning ikki misrasi beriladi. Ular she’rning davomini yo- zishga urinib ko‘rishlari lozim bo‘ladi.
Go‘zal bo‘ldi diyorim, Unga qish kirib keldi. (Yerlar oq bo‘lib yashnar, Qor yog‘ib sovuq keldi.) Endi bo‘ladi bayram, Endi kelar yangi yil. (Qish – bu barcha orzular Ushaladigan fasl.)
Mashqda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

  1. Download 3.78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling