Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Qish” she’ri o‘qitiladi, 3-4 nafar o‘quvchidan yoddan so‘raladi.
She’r yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Qish qanday fasl?
Qishda bolalar qanday o‘yinlar o‘ynashadi? O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz sizlar bilan “Qor odamning sovg‘asi” hikoyasi bilan tanishamiz.
O‘quvchilar qish fasli, ko‘chat ekish haqida suhbatlashiladi, savol- javob o‘tkaziladi.
Siz ham qishda qor odam yasaysizmi?
Ko‘chat ekish qanday odat?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. Hikoya
muallifi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
O‘qituvchi “Qor odamning sovg‘asi” hikoyasini ifodali o‘qib be- radi. Hikoya mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
tosh-metin – beton ilashmay – yopishmay ajriqzor – chimzor
kosov – olovni kovlash uchun ishlatiladigan uzun yog‘och
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsa- dida “Qor odamning sovg‘asi” hikoyasi o‘quvchilarga navbat bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savol va topshiriqlarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Kamol bilan Alisher nima uchun dalaga borishdi?
Qor odam ularga qanday sovg‘a qoldirdi?
Qishki o‘yinlarning nomini ayting.
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi, tarbiyaviy xulosa chiqariladi.
“Tez aytish” o‘yini. O‘quvchilar qishga oid tez aytishlarni tez- tez aytadilar. Eng tez aytgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |