4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 3.78 Mb.
bet117/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

Lug‘at ishi:


Qorabug‘raxonShimoliy Turkiston xoni yarog‘– qurol
suron – shovqin, to‘polon sayl biror joyni tomosha qilish
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. “Kitobga ixlos” qissasini o‘quvchilar “Aks sado” mashqi usulida o‘qiydilar. O‘quvchilar matnda sifat so‘z turkumiga oid so‘z uchrasa, shu so‘zni takrorlab aytishadi.
Darslikdagi savol-javob va topishiriqlar ustida ishlanadi.

  1. Asar orqali Ibn Sino haqida nimalarni bilib oldingiz?

  2. Ibn Sino qanday davrda yashagan ekan?

  3. Yosh hakimning yuragi nimani sezdi?

O‘quvchilar matn rejasini tuzib, reja asosida matn mazmunini qayta hikoya qiladi.

“Ma’nosini izohlang” o‘yini.


Olovning qip-qizil tillari – ………(gurullab yonayotgan olovning yuqoriga buralib – buralib ko‘tarilishi)
Olovning tillari osmonni yalar (baland ko‘tarilar)
O‘zini o‘tga urmoqchi (olovning ichiga kirmoqchi)
O‘quvchilarga yordam berish maqsadida shu so‘zlarni o‘z ma’nosida qo‘llab, taqqoslash uslubidan foydalanish mumkin:
Olovning tili – odamning tili
Odam tili bilan yalaydi – olov tili bilan osmonni yalaydi O‘tga urmoqchi – stolni urdi
Qaysi birikmada til, yalaydi, uradi so‘zlari o‘zining ma’nosida qo‘llangan? Qaysi birikmada ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
  1. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


O‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.

    1. Tarixda yashagan buyuk olimlar, sarkardalar, shoir-yozuvchilar- dan yana kimlarni bilasiz?

    2. Buxoroda qanday tarixiy binolar, joylar bor?

Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish. “Kitobga ixlos” qissasining 1-qismini hikoyalash.





Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling