4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 3.78 Mb.
bet148/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarga dovyuraklik va qo‘rqoqlik haqida ma’lu- mot berish, “Qo‘rqoq” hikoyasining 2-qismi bilan tanishtirish. O‘quv- chilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
TK 5: hikoyada bo‘layotgan voqea jarayonlariga daxldorlikni his etish;
FK 1: o‘qilgan hikoyaning mazmunini tushunib olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda dovyuraklik, mardlik, jasurlik kabi xislat- larni, jonivorlarga mehribonlik hislarini tarbiyalash.
TK 3: yaxshi fazilatlarni o‘zida aks ettirishga harakat qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutq, lug‘at ustida ishlash, asar qahramonlarini ajrata olish malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, “Ortiqchasini top” ta’limiy o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  1. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Qo‘rqoq” hikoyasining 1-qismi o‘qitiladi, mazmuni 3-4 nafar o‘quvchiga so‘zlatiladi. O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.

  • Nima uchun Bahromni qo‘rqoq deyishardi?

  • Bahromning dadasiga nima qilgan edi? O‘quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.
  1. Yangi mavzu bayoni.


  • Bolajonlar, siz jasurlik, mardlik, uning biz uchun qanchalik kerak- ligi haqida nimalar bilasiz?

O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.

  • Bugun biz sizlar bilan “Qo‘rqoq” hikoyasining 2-qismi bilan tani- shamiz.

O‘quvchilar bilan dovyuraklik, uning hayotimizda qanchalik o‘rin tutishi, qo‘rqoqlikning oqibatlari haqida suhbatlashiladi, ularning fikr- lari tinglanib, to‘ldiriladi.
O‘qituvchi “Qo‘rqoq” hikoyasining 2-qismini ifodali o‘qib beradi. Hikoya mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling