4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 3.78 Mb.
bet146/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

TK 5: hikoyada bo‘layotgan voqea jarayonlariga daxldorlikni his etish.
FK 1: o‘qilgan hikoyaning mazmunini tushunib olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda dovyuraklik, jasurlik, mardlik kabi tuy- g‘ularni tarbiyalash.
TK 3: yaxshi fazilatlarga rioya qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini, lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: hikoya mazmunini qisqa qilib aytib bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, “Matn yarat” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  1. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Nurxon bilan Burxon” she’ri o‘qitiladi, 3-4 nafar o‘quvchilardan yoddan so‘raladi. O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.

  • Burxon nima uchun uyalib qoldi?

  • Nurxonni qilgan ishi to‘g‘rimi?

O‘quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.
  1. Yangi mavzu bayoni.


  • Bolajonlar, siz dovyuraklik, uning biz uchun qanchalik kerakligi haqida nimalar bilasiz?

O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.

  • Bugun biz sizlar bilan “Qo‘rqoq” hikoyasining 1-qismi bilan tani- shamiz.

O‘quvchilar bilan dovyuraklik, uning qanchalik hayotimizda o‘rin tutishi, qo‘rqoqlikning oqibatlari haqida suhbatlashiladi, ularning fikr- lari tinglanib, to‘ldiriladi.
O‘qituvchi “Qo‘rqoq” hikoyasining 1-qismini ifodali o‘qib beradi. Hikoya mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling