“Kim nima yeydi?” o’yini.
– Rasmlari berilgan hayvonlarning ozuqasini topib, aylana bo‘ylab joylashtiring va markazdagi aylanaga yashiringan kalit
so‘zini toping.
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Hikoya sizga yoqdimi?
Mo‘jiza deganda nimani tushunasiz?
O‘quvchilar javoblari tinglanib, dars xulosalanadi.
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Mo‘jiza” hikoyasini o‘qish.
Mavzu: “Xatarli uchrashuv” (Pirimqul Qodirov).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni hikoyaning mazmuni va muallifi bilan tanishtirish, tez, ifodali o‘qish, hikoya qahramonlarining xatti-haraka- tini baholash hamda ularga shaxsiy munosabat bildirishni, hikoyadan asar qahramonlari, tabiat manzarasini ifodalash uchun zarur bo‘lgan so‘zlarni topishni o‘rgatish.
TK2: mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
FK1: o‘qilgan hikoyaning mazmunini tushunib olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni murakkab vaziyatlarda o‘zini yo‘qot- masdan, aql bilan ish tutish, to‘g‘ri qaror chiqarishga o‘rgatish, mardlik tuyg‘ularini tarbiyalash.
TK4: yaxshi fazilatlarni o‘zida aks ettirishga harakat qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning asar mazmunini shaxsini o‘zgar- tirib hikoyalash, so‘z boyligini oshira borish va nutqida qo‘llash malakalarini rivojlantirish.
FK2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |