Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Bugungi darsimizda nimalarni bilib oldingiz?
Erinchoqlik, dangasalik, yalqovlik illatlari qanday oqibatlarga olib kelishini bilib oldingizmi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Yomg‘ir” hikoyasini o‘qish.
Mavzu: “Ikki irmoq” (Xabib Po‘latov).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Ikki irmoq” masalining mazmuni bilan tanishtirish, ifodali o‘qish malakasini shakllantirish.
TK 2: mavjud axborot manbalaridan foydalana olish.
FK 1: o‘qilgan asarning mazmunini tushunib olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash va ularga amal qilish; yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish, xolis va jiddiy fikr yurita olish ko‘nikmalarini tarbi- yalash.
TK 4: asardagi qahramonning insoniylik xususiyatlarini aniqlash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda masal mazmuni ustida ishlash, turli yo‘nalishdagi kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Kim bilag‘on”, “Topqirlar” o‘yini.
Dars jihozlari: mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, multi- media ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Yomg‘ir” hikoyasini o‘qib beradilar. O‘tilgan mavzu asosida savol-javob o‘tkaziladi.
Erkinjon nima uchun maktabga bormadi?
Shifokor unga qanday dorini yozib berdi?
Uni qanday kasallikka yo‘liqqan deb o‘ylaysiz?
“Kim bilag‘on” o‘yini. Bu o‘yinda o‘quvchilar tartibsiz beril- gan so‘zlardan mosini topib, o‘tilgan mavzuga mos maqolni topa- dilar.
Javob: Dangasaning – vaji ko‘p Ohangsizning – avji.
Do'stlaringiz bilan baham: |