4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars


Download 3.78 Mb.
bet189/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Zig-zag” strategiyasi, “Daraxt gul- larini top”, “Bahribayt”, “Raketa uchdi” o‘yinlari.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


Uyga topshiriq qilib berilgan “Jala darakchisi” she’ri yoddan so‘raladi.
Raketa uchdi” o‘yini. Raketalar shakliga savollar yozib, har ikki guruhga beriladi. Guruhdagi o‘quvchilar birin-ketin savollarga javob beradilar. Raketaga quyidagi savollar yoziladi:

    1. Biz nimani “Jala darakchisi” deb ataymiz?

    2. Shoir momaqaldiroqni nimaga o‘xshatadi?

    3. Jalaning foydali tomonlarini ayting.

    4. Jala darakchisi o‘zi nima?

    5. Chog‘i so‘zining ma’nodoshini toping.
  1. Yangi mavzu bayoni.


  • Bugun biz sizlar bilan “Erka cholning o‘rigi” hikoyati bilan tani- shamiz.

Muallif Xudoyberdi To‘xtaboyev haqida o‘qituvchi tomoni- dan qisqacha ma’lumot beriladi. “Erka cholning o‘rigi” hikoyasi- ni o‘qituvchi ifodali o‘qib beradi. Hikoya mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilardan biri hikoyani ifodali o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar ku- zatib boradilar.

Lug‘at ishi:


qoraqandak – o‘rikning navi shu yo‘sin shu zaylda serzarda jahldor
qumg‘onchovgumning kattasi
Bahribayt” o‘yini. O‘quvchilar yodlagan she’rlari asosida bahri- bayt o‘yinini o‘ynaydilar. She’rning oxirigi harfi bilan boshlanuvchi she’r davom ettirib aytilishi kerak bo‘ladi.
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Erka cholning o‘rigi” hikoya- sini “Ichda o‘qish” usulida o‘qiydilar va hikoya qilib beradilar.
Darslikdagi savol-javob va topishiriqlar ustida ishlanadi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling