Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar she’rni mustaqil o‘qiydilar. “To‘rtinchisi ortiqcha” mashqi. O‘quvchilar har bir qatorda berilgan qofiyadosh so‘zlar orasidan ortiqcha so‘zni topishlari lozim bo‘ladi.
Goho, sado, osmon, navo.
Sharaqlab, tomosha, taraqlab, charaqlab).
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Sizda nima ko‘proq taassurot qoldirdi?
Siz uchun nima yangilik bo‘ldi?
Qaysi topshiriqlar siz uchun qiziqarli bo‘ldi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Jala darakchisi” she’rini yod olish.
Mavzu: “Erka cholning o‘rigi”. (Xudoyberdi To‘xtaboyev)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Erka cholning o‘rigi” hikoyasi bilan ta- nishtirish, ravon va ifodali o‘qishga, matn ustida ishlashga o‘rgatish.
FK1: hikoyani o‘qib tushunish va mazmunini qayta so‘zlab berish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga ko‘chat ekishning foydali tomonlari, ko‘chat ekkan insonning hech qachon nomi o‘chmasligini, ekilgan ko‘- chatlarning atrof-muhitga foydali ta’siri, tabiatni sevish haqida tushun- cha berish.
TK 4: hikoyada aks etgan milliy qadriyatlarni anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish,
mantiqiy fikrlash, ongli o‘qish malakalarini rivojlantirish.
FK 2: hikoya qahramoniga munosabat bildirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |