Lug‘at ishi:
mashoyix – donishmand qariya
naql – maqol
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash: “Yaxshidan bog‘ qoladi” rivoyati o‘quv- chilarga navbati bilan o‘qitiladi. O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Mir Alisher va Sulton Husayn o‘rtasidagi suhbatni rollarga bo‘lib, rivoyatni ifodali o‘qing.
Mir Alisherning ko‘chatlarni nima niyatda ekayotganini aniqlang.
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi, tarbiyaviy xulosa chiqariladi.
“Bog‘ yarat”o‘yini. Ekranda bo‘sh maydon ko‘rsatiladi. Ket- ma-ket savollar beriladi. Mos tugma bosilsa ko‘chat hosil bo‘ladi va keyingi savolga o‘tish imkoni beriladi.
Sulton Husayn borib qarasa, Mir Alisher nima qilayotgan ekan?
Mir Alisher Sulton Husayn savoliga qanday naql keltirdi?
Sulton Husayn Mir Alisherning saxovatiga qoyil qolib, unga nima berdi?
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Siz ham daraxt ekkanmisiz?
Qanday daraxtlarni bilasiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Yaxshidan bog‘ qoladi” rivoyatini o‘qish.
Mavzu: “So‘zlovchi yomg‘ir” (Abdurahmon Akbar).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga she’r satrlarining mazmunan bog‘liqligini mustaqil belgilay olish, so‘z ma’nolarini farqlash, she’r mazmunini chuqur tahlil qilish, voqea-hodisalarga shaxsiy munosabat bildirishni o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |