Yangi mavzu bayoni. “Boshqotirma bilag‘oni” mashqi.
1. O‘rik navi. 2. Navro‘z taomlaridan biri. 3.“Navro‘z – bahor bay- rami” matnining muallifi kim? 4. Navro‘z kuni tug‘ilgan o‘g‘il bola- larga qo‘yiladigan ism. 5. … boshim, tuzsiz oshim. 6. Navro‘z kuni tug‘ilgan qiz bolalarga qo‘yiladigan ism. Javob: Navro‘z.
Yangi mavzu kelib chiqadi va e’lon qilinadi.
Bugungi darsda siz bilan “Bayram urf-odatlari” matni bilan tani- shamiz.
Matn mazmuni o‘qituvchi tomonidan tushuntirib, ifodali o‘qib be- riladi.
Matn asosida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi.
Siz Navro‘z bayramida qanday niyatlar qilasiz?
Oilangizda bayram urf-odatlaridan qaysi birlariga amal qilinadi?
Yangi mavzuni mustahkamlash.
“Bilimdon” mashqi. Bu o‘yinda o‘quvchi ari orqali gullarga
ketma-ket tartib bilan qo‘nadi. Gullarga qo‘nishi bilan Navro‘z bay- ramining urf-odatlarini izohlashi zarur.
“Yosh ijodkor” o‘yini. “Navro‘z bayrami urf-odatlari” mavzusida
fikrlaringizni quyidagi namuna asosida ifodalang.
Bobodehqon dalada
Obodonlashtirish ishlari
Navro‘zdagi odatlar
Navro‘z va men
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagicha savollar beriladi:
Navro‘zgacha va Navro‘zdan keyin qanday ishlar amalga oshiri- lar ekan?
Bayram urf-odatlaridan yana qanday tadbirlarni bilasiz?
Bugungi dars sizga yoqdimi?
4 Oilangiz bilan bayramni qanday nishonlaysiz?
5. Matnni o‘qib, qanday xulosa chiqardingiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |