4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 3.78 Mb.
bet195/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

Uyga vazifa berish. “Bayram urf-odatlari” matnini o‘qish.




Mavzu: “Yaxshidan bog‘ qoladi” (Rivoyat).

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarga ajdodlarimiz, rivoyatlar haqida ma’lu- mot berish, “Yaxshidan bog‘ qoladi” rivoyati bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK 1: ertakni tushunib ongli, to‘g‘ri o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni ezgu amallarni bajarish, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
TK 4: hikoyada milliy qadriyatlarimizning o‘ziga xosliklarini ang- lash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili- yatlarini, lug‘at ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan hikoya mazmuniga doir savol va topshiriqlarga ja- vob berish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: tushuntirish, savol-javob, “Bog‘ yarat” o‘yini. Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Bayram urf-odatlari” matni o‘qittiriladi, 3-4 nafar o‘quvchi matn mazmunini so‘zlab beradi. Avvalgi mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.

  • Navro‘z so‘zining ma’nosi nima?

  • Navro‘z haqida she’r va qo‘shiq bilasizmi?
  1. Yangi mavzu bayoni.


  • Bugun biz “Yaxshidan bog‘ qoladi” rivoyati bilan tanishamiz.

  • Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro bobolarimiz haqida nimalar bilasiz?

  • Rivoyatlarda nima oldinga suriladi?

O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi.
O‘qituvchi “Yaxshidan bog‘ qoladi” rivoyatini ifodali o‘qib beradi.
Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling