Kim?
|
Ibn Sino
|
Nima qildi?
|
Yarim tungacha kitob mutolaa qildi.
Registon tomon qizarib, osmonga uchqunlar sachrab turganini sezdi. Halloslab Registon maydoniga keldi. Ko‘nglini ezayotgan shubha haqiqat bo‘lib chiqqanini angladi.
|
Keyin nima bo‘ldi?
|
Chelaklab suv tashib o‘t o‘chirayotganlarga qarashib turdi.
Olov chiqib turgan bir hujraga o‘zini urdi. Etagining yonayotganiga ham parvo qilmay, bir necha kitobni quchoqlab chiqdi.
|
Nima o‘zgardi?
|
Odamlar shuncha urinib, yong‘inni so‘ndira olmadilar. Ibn Sino yarim-yorti kuygan bir necha kitobni qo‘ltiqlagan holda uyiga jo‘nadi.
|
Xulosa
|
Ha, baxtsizlik, ammo bilib qo‘yingki, dunyoviy ilm dushmanlari ma’rifat chirog‘ini o‘chirolmaydilar.
| Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu e’lon qilinadi. “Kitobga ixlos”. (Mirkarim Osim). 2-qism. O‘qituvchi “Kitobga ixlos” qissasini 2-qismini ifodali o‘qib beradi. Matnda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
istilochi – o‘zgalarning yerini, mamlakatini qurol kuchi bilan bosib olgan
baxayr – yaxshilikka olib boradigan, oxiri yaxshilik bilan tugaydigan quvg‘in – o‘z joyi, vatanidan haydash, quvish quzg‘un–qarg‘asimonlar oilasiga mansub, o‘limtikxo‘r o‘troq qush
Qissa mazmuni tahlil qilinadi.
Ibn Sino onasiga qanday xushxabar keltirdi?
Uzoqdan nima eshitilib turardi?
Ibn Sino nima uchun Buxoroni tashlab ketishga majbur bo‘ldi?
Sitorabonu xayrlashuv chog‘ida o‘g‘liga nimalarni tayinladi?
Husaynning: “Bu yerda qolsam, bir kun meni chaqirib oyog‘imga bolta uradilar” degan gapini siz qanday tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |