4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 3.78 Mb.
bet121/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

guruh uchun savollar:


  1. Bir xalqning badiiy, ilmiy, falsafiy asarlari majmuasi nima deyi-

ladi? (Adabiyot)

  1. Kutubxonadagi har bir kitobxonning hisob kartochkasi nima deb ataladi? (Kitobxon formulyari)

  2. Kichik hajmli kitobcha nima deb ataladi? (Risola)

  3. Kitobning boshida yoki oxirida uning bo‘limlarini betlari bilan ko‘rsatuvchi ro‘yxat nima deyiladi? (Mundarija)

  4. Biror asarni yaratgan shaxs kim deyiladi? (Muallif)
  1. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash. O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:


    1. Qissada sizni ko‘proq nima hayajonga soldi?

    2. Nima deb o‘ylaysiz, qissaning asosiy g‘oyasi nimadan iborat?

    3. Siz ham kitoblarni Ibn Sinodek seva olasizmi?

Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa. “Kitobga ixlos” qissasining 2-qismini qayta hi- koya qilish.




Mavzu: “Pahlavon va shoir” (Hamidjon Hamidov).

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarni “Pahlavon va shoir” rivoyatining mazmuni bilan tanishtirish, mardlik, jasurlik haqida ma’lumot berish, og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
FK 1: rivoyatni ongli, ifodali, sidirg‘a o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda ziyraklik, topqirlik qobiliyatlarini, o‘zaro hurmat, tabiatga mehr-muhabbat va ehtiyotkorona munosabatini tarbi- yalash.
TK 3: yaxshi fazilatlarni o‘zida aks ettirishga harakat qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, lug‘at ustida ishlash, matndagi so‘zlarning ma’nosini izohlay olish malakasini rivojlantirish.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling