4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 3.78 Mb.
bet166/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. “Mo‘jiza” hikoyasini o‘quvchilar “Ichida o‘qish” usulida o‘qiydilar.
Reja asosida matn mazmunini qayta hikoya qiling. Ovchi quyonni qanday tutib oldi?
Keksa ovchi yoshligida bo‘lgan voqea haqida nimalarni gapirib berdi? “Bumerang” texnologiyasi. 4 ta kichik guruhlar tashkil qilinib, har bir guruhga “Mo‘jiza” matnidan ma’lum qismlarni mustaqil o‘rganish topshiriladi.

  1. guruh uchun quyidagi parcha beriladi: “Quyonlar serob kuz yemishlaridan semirib, rosa jir boylagan paytda ovga chiqdim. Velosi- pedimni tanish cho‘pon qo‘rasiga qoldirdim-da, miltiqni kiftimga ilib, ro‘parada ko‘rinib turgan qamishzor tomon ketdim. Mo‘ljallab chiqqan “ovxonam” o‘sha. …

  2. guruhga: “Miltiqning uchini tekkizganimda, birdan sapchib o‘rni- dan turdi. Biroq gandiraklab kelib o‘zini oyoqlarim ostiga urdi. …”.

  3. va 4-guruhga ham parchalar beriladi. Qiyin so‘zlar lug‘ati beriladi.

O‘quvchilar matnlarni qunt bilan o‘qishadi. So‘ngra yangi guruhlar tashkil qilinadi. Guruh a’zolari o‘zlari o‘qigan matnlarni sheriklariga tushuntirib berishadi. Matnlar o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgach, guruh ichida mustahkamlanadi. So‘ngra guruh a’zolari oldingi holatdagi guruhlariga qaytishadi. Yangi mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. Savolga to‘liq javob olinsa, 3 ball, to‘liq bo‘lmasa, 2 ball, boshqa guruh to‘ldirsa,1 ball beriladi. Har bir guruhga 4 tadan savol beriladi. Savollar quyidagicha bo‘ladi:

  1. Kim ovga chiqdi?

  2. Nimalar rosa jir bog‘lagan paytda ovga chiqdi?

O‘qituvchi darsni qanday o‘zlashtirilganini yana bir bor o‘z-o‘ziga baho berish tartibida nazorat qilish uchun “Charxpalak” texnologiya- sidan foydalangan holda o‘quvchilarga o‘z bilimlarini tekshirib olish imkoniyatini yaratishi mumkin.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling