Dars metodlari: suhbat, “Mosini top”, “Raqamlar so‘zlaganda” mashqlari.
Dars jihozi: yovvoyi hayvonlar rasmlari, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Mo‘jiza” hikoyasini “O‘zaro tekshiruv” usulida o‘qiydilar. Bunda o‘quvchilar juftliklarda bir-birlariga navbat bilan hikoyaning o‘zlari xohlagan bir qismini o‘qib beradilar. Shundan so‘ng o‘qituvchi ulardan juftiga qo‘ygan bahoni so‘raydi. Ular qo‘ygan baho- larini qisqacha izohi bilan aytadilar.
O‘quvchilar hikoya mazmunini shaxsini o‘zgartirgan holda muallif nomidan so‘zlab beradilar.
Yangi mavzu bayoni. “Rebus” o‘yini.
– Aziz o‘quvchilar, hozir biz siz bilan “Rebus” o‘yinini o‘ynaymiz. Agar siz bu rebusni to‘g‘ri yechsangiz, bugungi darsi- miz mavzusini bilib olasiz.
Bugun biz “Xatarli uchrashuv”. mav- zusi bilan tanishamiz.
O‘qituvchi hikoya muallifi Pirimqul Qodirov haqida qisqacha
ma’lumot beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadi:
Qanday yovvoyi hayvonlarni bilasiz?
Turli yovvoyi hayvonlarning suratlari ko‘rsatiladi.
Bo‘rilar haqida nimalarni bilasiz?
Hikoya mazmuniga mos lavha namoyish qilinadi va kadr orti- dan matn o‘qiladi.
Hikoyada uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tka-
ziladi.
Lug‘at ishi:
chordevor – hamma tomoni devor bilan o‘rab olingan, to‘rt devor
biyday – ochiq, yalang; keng
sharpa – kimsa yoki narsaning g‘ira-shira, bilinar-bilinmas qorasi
Hikoya mazmuni tahlil qilinadi.
Bu hikoya nima haqida ekan?
Bola bo‘ridan nima uchun qochmadi?
Hikoyadagi bola ijobiy qahramonmi yoki salbiy?
Hikoyada sizni nima hayajonga soldi?
Siz ham xatarli vaziyatlarga duch kelganmisiz?
Akasining: “Hamma gap aql bilan irodada” degan gapini siz qan- day tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |