“Topib o‘qi” mashqi.
Ayiqni qo‘ylarga hujumi tasvirlangan joyni matndan topib o‘qing.
Matn qismlarga bo‘linib reja tuziladi va reja asosida qayta hikoya qildiriladi.
Reja:
Akrom bobosinikida mehmonda.
Suyun otaning hikoyasi.
Ayiq qo‘yni jilg‘aga olib ketdi.
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Siz qaysi yovvoyi hayvonlarni ko‘rgansiz?
Yovvoyi hayvonlarning inson uchun qanday foydasi bor? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining 1-qismini o‘qish.
Mavzu: “Ayiqni yenggan cho‘pon”. (Pirimqul Qodirov). II qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining II qismi bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK 1: hikoyaning mazmunini qisqartirib, qayta aytib bera olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda mardlik, jasurlik, dovyuraklik hislatlarini tarbiyalash.
TK 4: hikoyada go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqini mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini, lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan hikoya mazmuniga doir savol va topshiriqlarga ja- vob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, “Bilag‘on” ta’limiy o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |