4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 3.78 Mb.
bet179/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning o‘qigan asarlari yuzasidan savol- lar tuzish, asar mazmunini shaxsini o‘zgartirib qayta hikoyalash va so‘zlardan gaplar tuzish malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan hikoyaning mazmunini tushuna olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Insert” texnologiyasi, “Kim zukko?”, “Raqamli joylashuv” mashqlari.
Dars jihozlari: yovvoyi hayvonlar suratlari, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O ‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilar “Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining II qismi mazmunini navbat bilan shaxsini o‘zgartirib, muallif nomidan so‘z- laydilar.
Kim zukko?” mashqi. Bu mashqda o‘quvchilar berilgan so‘zlarga hikoya matnidan so‘z birikmalarini topadilar va ular- ning qaysi so‘z turkumiga oid ekanligini aytadilar.
So‘zlar: ayiqning, bitta, nayzalarni, baquvvat, besh-o‘n, kovagiga. O‘quvchilar javobi:
Ayiqning ayiqning tirnog‘i ot + ot
Bitta bitta miltiq son + ot Nayzalarni nayzalarni bog‘ladim ot + fe’l Baquvvat baquvvat tayoqlarning sifat + ot
  1. Yangi mavzu bayoni.


Bugun biz “Ko‘kyol” hikoyasining 1-qismi bilan tanishamiz. O‘qituvchi “Ko‘kyol” hikoyasining I qismini ifodali o‘qib beradi. Ertakda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Lug‘at ishi:


qatqaloq qorning muzlab, qotib qolgan ustki qatlami
o‘tov yengil material, kigiz kabilardan yasalgan ko‘chma uy, turar- joy
dog‘da qolmoq biror maqsadi amalga oshmaganidan armonda qolmoq
quloqchin tushirib qo‘yiladigan quloqlari bor issiq telpak

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling