4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


TK 4: hikoyada go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish. Rivojlantiruvchi


Download 3.78 Mb.
bet175/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

TK 4: hikoyada go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili- yatlarini, matnga reja tuzish, lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlan- tirish.
FK 2: o‘qilgan hikoya mazmuniga doir savollarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: tushuntirish, “Topib o‘qi”, “Mozaika” o‘yini. Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.

  1. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. Uyga berilgan “Jo‘ja” she’ri o‘quvchilardan yoddan so‘raladi. O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi.

  • Jo‘jacha opalaridan qanday farq qiladi?

  • Jo‘jacha qanday xislatlarga ega ekan?
  1. Yangi mavzu bayoni.


  • Bolajonlar, siz hayvonlar bilan sodir bo‘lgan qanday qiziqarli vo- qealarni bilasiz? O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.

  • Bugun biz sizlar bilan Pirimqul Qodirovning “Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining I qismi bilan tanishamiz. Pirimqul Qodirov haqi- da qisqacha ma’lumot beriladi.

O‘quvchilar bilan dovyuraklik va mardlik, uning hayotimizda qanchalik o‘rin tutishi haqida suhbatlashiladi, ularning fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi.
O‘qituvchi “Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining I qismini ifo- dali o‘qib beradi. Hikoya mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.

Lug‘at ishi:


suruv – qo‘ylar podasi
qo‘ton – qo‘ylar saqlanadigan joy
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining birinchi qismi o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:

  • Akrom dadasi bilan tog‘ga kimning oldiga bordi?

  • Suyun ota ularga nimalarni gapirib berdi?

  • Suyun ota ayiqni qanday yengdi?

O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi, tarbiyaviy xulosa chiqariladi.
Mozaika” o‘yini. Mavzuga oid rasm turli xil bo‘laklarga bo‘lib, turli xil joylarga qo‘yilgan bo‘ladi. O‘quvchilar bo‘laklarni o‘z o‘rniga qo‘yib, rasm hosil qiladilar.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling