Darslik bilan ishlash. “Rolli o‘qish” usuli. O‘quvchilar hikoya- ni rollarga bo‘linib o‘qiydilar. Uch nafar o‘quvchi muallif, Samad, Rasul kabi rollarga bo‘linadilar va ularning so‘zlarini o‘qiydilar. O‘qiyotganlarida har bir qahramonning xarakterini ochib bera olishlari lozimligi tushuntiriladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida test topshiriqlari bajariladi.
Test topshiriqlari:
Rasul qaysi fandan tuzukroq o‘qir ekan?
A) o‘qish B) ona tili D) matematika E) rasm
Kim Rasulni Samadga biriktirib qo‘ygandi?
A) sinf rahbari B) onasi D) direktor E) otasi
Samad nimani chizibdi?
A) kitobni B) xaritani D) mashinani E) gulni
Bolalarga “qishlog‘imizning o‘zi bir vatan, kichik vatan” deb
kim aytgan edi?
A) otasi B) akasi D) do‘sti E) muallim
Bolalarning tortishuvi natijasida kim arazlab ketdi?
A) Rasul B) Samad D) muallim E) Rasulning akasi “Soat bilan do‘stlashamiz” mashqi. O‘quvchilar kataklar- da ko‘rsatilgan vaqt o‘rniga soatdagi harflarni joylashtirsalar hikoya mazmuniga mos maqollarni topadilar.
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Hikoyada nima sizni ko‘proq hayajonga soldi?
Nima deb o‘ylaysiz, hikoyaning asosiy g‘oyasi nimadan iborat?
Darsda olgan qaysi bilimlaringizni hayotingizda qo‘llaysiz? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |