Uyga vazifa berish. “Xarita” hikoyasining 1-qismini o‘qish.
Mavzu: “Xarita” (Normurod Norqobil). 2-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Xarita” matnining mazmuni bilan tanish- tirish, matn haqida ma’lumot berish, hikoyada vatanga bo‘lgan mu- habbatning kichik qahramonlar chizgan shahar va qishloqlar misolida tushuntirish, ifodali o‘qishga o‘rgatish.
FK 1: she’rni ongli, ifodali o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni ona Vatanni sevish, asrashga, matndagi asosiy va ikkinchi darajali xislatlarni ajrata olishga o‘rgatish.
TK 3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, xatolarini tuzatishga harakat qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ongli va ifodali o‘qish, matnni qisqartirib hikoyalash, asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob berish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan asarlarning qahramonlarini ajrata olish. Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: suhbat, “Zanjir” usuli, “Qismini top” o‘yini. Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilardan bir nechtasi o‘tilgan “Xarita” hikoyasining 1-qis- mini ifodali o‘qiydi va qolgan o‘quvchilar “Davom ettir” usulida hikoya qilib beradi. So‘ngra mavzu asosida savol-javob o‘tkaziladi.
Samad qishlog‘ining xaritasida nimalarni tasvirladi?
Rasul va Samad nima ustida tortishib qolishdi?
Hikoyadan siz nimani o‘zingizga oldingiz?
“Mozaika” o‘yini. O‘quvchilarga O‘zbekiston hududlari kes- ma holatda tarqatiladi. O‘zbekiston xaritasini hosil qiladilar. Javob: Хarita.
Do'stlaringiz bilan baham: |