Uyga vazifa berish. “Bayram urf-odatlari” matnini o‘qish.
Mavzu: “Yaxshidan bog‘ qoladi” (Rivoyat).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga ajdodlarimiz, rivoyatlar haqida ma’lu- mot berish, “Yaxshidan bog‘ qoladi” rivoyati bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK 1: ertakni tushunib ongli, to‘g‘ri o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni ezgu amallarni bajarish, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
TK 4: hikoyada milliy qadriyatlarimizning o‘ziga xosliklarini ang- lash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili- yatlarini, lug‘at ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan hikoya mazmuniga doir savol va topshiriqlarga ja- vob berish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: tushuntirish, savol-javob, “Bog‘ yarat” o‘yini. Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Bayram urf-odatlari” matni o‘qittiriladi, 3-4 nafar o‘quvchi matn mazmunini so‘zlab beradi. Avvalgi mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Navro‘z so‘zining ma’nosi nima?
Navro‘z haqida she’r va qo‘shiq bilasizmi?
Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz “Yaxshidan bog‘ qoladi” rivoyati bilan tanishamiz.
Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro bobolarimiz haqida nimalar bilasiz?
Rivoyatlarda nima oldinga suriladi?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi.
O‘qituvchi “Yaxshidan bog‘ qoladi” rivoyatini ifodali o‘qib beradi.
Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |