Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarnin ijodiy qobiliyatlarini, lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan ertak mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Ma’nodoshini top”, “Kim bila- g‘on?” o‘yinlari.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma material, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Bir xurmacha shavla” ertagi o‘qitiladi, mazmuni qayta hikoya qilib beriladi.
O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.
Qizcha o‘rmonda kimni uchratib qolibdi?
Kampir qizchaga nima sovg‘a qilibdi?
Qizchaning onasi sehrli so‘zni untib qo‘yishi qanday oqibatlarga olib keldi?
Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz sizlar bilan “Rustam” hikoyasining 1-qismi bilan tani- shamiz.
O‘quvchilar bilan jahon bolalar adabiyoti haqida suhbatlashiladi,
ularning fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi.
O‘qituvchi “Rustam” hikoyasining 1-qismini ifodali o‘qib beradi. Hikoya mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket matnni o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.
Lug‘at ishi:
chuvirindi – tashlandiq
nomus – or, uyat
yollash – biror yumushga jalb qilish
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Rustam” hikoyasining I qismi o‘quvchilarga “Zanjir” usulida o‘qitiladi. O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Matndagi voqea qaysi mamlakatda sodir bo‘lgan?
Rustam nima uchun yollanib ishlaydi?
U otasi haqida nimalarni gapirib berdi?
“Ma’nodoshini top” o‘yini. Ro‘paramda-qarshimda, olis- uzoq, suhbatlashmoq-gaplashmoq, naf-foyda qamoq-turma, politsiya-jandarm.
“Kim bilag‘on?” o‘yini. O‘quvchilar mehnatsevarlik haqida maqol aytishadi.
Asar qahramoni “Klaster” usulida tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |