4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 3.78 Mb.
bet232/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarnin ijodiy qobiliyatlarini, lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan ertak mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, Ma’nodoshini top”, “Kim bila- g‘on?” o‘yinlari.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma material, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Bir xurmacha shavla” ertagi o‘qitiladi, mazmuni qayta hikoya qilib beriladi.
O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.

    1. Qizcha o‘rmonda kimni uchratib qolibdi?

    2. Kampir qizchaga nima sovg‘a qilibdi?

    3. Qizchaning onasi sehrli so‘zni untib qo‘yishi qanday oqibatlarga olib keldi?
  1. Yangi mavzu bayoni.


– Bugun biz sizlar bilan “Rustam” hikoyasining 1-qismi bilan tani- shamiz.
O‘quvchilar bilan jahon bolalar adabiyoti haqida suhbatlashiladi,
ularning fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi.
O‘qituvchi “Rustam” hikoyasining 1-qismini ifodali o‘qib beradi. Hikoya mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket matnni o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.

Lug‘at ishi:


chuvirinditashlandiq
nomus – or, uyat
yollashbiror yumushga jalb qilish
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Rustam” hikoyasining I qismi o‘quvchilarga “Zanjir” usulida o‘qitiladi. O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:

  • Matndagi voqea qaysi mamlakatda sodir bo‘lgan?

  • Rustam nima uchun yollanib ishlaydi?

  • U otasi haqida nimalarni gapirib berdi?

Ma’nodoshini top” o‘yini. Ro‘paramda-qarshimda, olis- uzoq, suhbatlashmoq-gaplashmoq, naf-foyda qamoq-turma, politsiya-jandarm.
Kim bilag‘on?” o‘yini. O‘quvchilar mehnatsevarlik haqida maqol aytishadi.
Asar qahramoni “Klaster” usulida tavsiflanadi.

  1. Download 3.78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling