Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Rustam qanday bola ekan?
Siz ham ota-onangizga yordam berasizmi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa. “Rustam” hikoyasining 1-qismini o‘qish.
Mavzu: “Rustam”. (Faxri Erdinch). 2-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga jahon bolalar adabiyoti haqida ma’lumot
berish, “Rustam” hikoyasining II qismi bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK 1: hikoyaning mazmunini to‘liq og‘zaki bayon qila olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda mehnatsevarlik, tirishqoqlik, jonkuyarlik kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
TK 3: yaxshi fazilatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini, lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan ertak mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, “Muammoli izlanish”, “Topag‘on” o‘yini.
Dars jihozi: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Rustam” hikoyasining 1-qismi o‘qitiladi, mazmuni o‘quvchilarga so‘zlatiladi.
O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.
Rustamning otasiga nima bo‘lgan ekan?
Rustamni qanday yigit deb o‘ylaysiz? O‘quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |