Yangi mavzuni bayoni.
– Bugun biz sizlar bilan Jonatan Sviftning “Gulliverning sayo- hatlari” qissasidan parcha bilan tanishamiz. Asar muallifi haqida qisqa- cha ma’lumot beriladi.
O‘quvchilar bilan xushyorlik va ziyraklik haqida suhbatlashiladi, javoblari tinglanib, to‘ldiriladi.
“Gulliverning sayohatlari” qissasi asosida videolavha namoyish etiladi.
O‘qituvchi “Gulliverning sayohatlari” qissasini ifodali o‘qib
beradi.
Matn asosida savol-javob o‘tkaziladi.
Qissa nima haqida ekan?
Gulliver qayerga borib qoldi?
Odamchalar unga qanday munosabatda bo‘ldilar?
Ular Gulliverni qanday ovqatlantirdilar?
Matndagi notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
chandilgan – bog‘langan
bet – yuz
qoqlangan – toblangan
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Gulliverning sayohatlari” qissasi o‘quv- chilarga navbat bilan o‘qitiladi. O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Odamchalar Gulliverga qanday munosabatda bo‘ldilar?
Ular Gulliverni qanday ovqatlantirdilar?
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
“Ifodali o‘qish” mashqi. O‘quvchilar o‘rtasida ifodali o‘qish mu- sobaqasi o‘tkaziladi. Eng ifodali va mazmunli o‘qigan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Matn mazmuni zanjir usulida qayta hikoya qildiriladi.
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Siz ham sayohatga chiqqanmisiz?
Sayohatga chiqishdan oldin nimalarni bilish kerak? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |