Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash. Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. O‘quvchilar darsga ishtiroki va faolligiga ko‘ra baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Rustam” hikoyasining II qismini o‘qish.
Mavzu: “Gulliverning sayohatlari” (Jonatan Svift).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga jahon adabiyoti, sarguzashtlar haqida ma’lumot berish, “Gulliverning sayohatlari” asar bilan tanishtirish.
TK 2: mavjud videotasvirni tinglab, tushunish va gapirib bera olish.
FK 1: o‘qilgan asarning mazmunini tushuna olish va mavzuga mos maqol topa olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda xushyorlik, ziyraklik, mardlik, mehribon- lik kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqlarini, mustaqil va ijodiy ishlash, ifodali o‘qish qobiliyatlarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan ertak mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, muammoli izlanish. Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma material, multimedia ilovalari. Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Rustam” hikoyasining II qismi o‘qitiladi, mazmuni 3,4 nafar o‘quvchiga qayta hikoya qildiriladi. O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi.
Rustam ishlab topgan pullarini nimaga sarflar edi?
Rustam otasini ko‘rgani qachon borayotgan edi?
U ortiqcha pulni olmay to‘g‘ri qildimi?
Rustam yo‘lovchiga nima deb va’da qildi?
Do'stlaringiz bilan baham: |